$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir yilda 740 mingdan ortiq shaxs mamuriy jazoga tortildi

ma

O‘zbekiston Respublikasi sudlari 2024-yil davomida 740 994 nafar shaxsga nisbatan 613 142 ta ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha qaror chiqardi. Shundan 469 568 nafar shaxsga ma’muriy jazo tayinlandi, 94 886 nafari esa yarashuv asosida javobgarlikdan ozod qilindi. 

Ma’muriy huquqbuzarliklarning asosiy turlari 

Ko‘rib chiqilgan ishlarning katta qismi mayda bezorilik, litsenziyasiz yo‘lovchi tashish, ichki ishlar organlari talablariga bo‘ysunmaslik, haqorat qilish, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlaridan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga, jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilish, transport vositalarini mast holda boshqarish hamda sovuq qurollarni noqonuniy olib yurish kabi huquqbuzarliklar ham keng tarqaldi.  

Apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar 

Sud qarorlaridan norozi bo‘lgan shaxslarning murojaatlari asosida 9 899 nafar shaxsga tegishli 8 297 ta ish apellyatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqildi. Natijada 2 581 nafar shaxs bo‘yicha sud qarorlari bekor qilindi, 2 945 nafar shaxs bo‘yicha esa qarorlar o‘zgartirildi. 

Kassatsiya bosqichida esa 7 124 nafar shaxsga tegishli 6 657 ta ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi. Ushbu ishlar natijasida 2 644 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilindi, 1 863 nafar shaxsga oid sud qarorlari esa o‘zgartirildi.  

 Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqilgan ishlar 

Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 1 919 nafar shaxsga tegishli 1 769 ta ma’muriy huquqbuzarlik ishi qayta ko‘rib chiqildi. Bu jarayonda 359 nafar shaxs bo‘yicha quyi sudlarning qarorlari bekor qilindi, 464 nafar shaxsga nisbatan esa sud qarorlari o‘zgartirildi.

Теги :
Jamiyat