$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Fuqarolar Konstitutsiyaviy sudga asosan qanday masalalarda murojaat qilishmoqda?

Konstitutsiyaviy sud

2024-yil 6-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudining majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda Konstitusiyaviy sudning 2024-yilda mamlakatdagi konstitusiyaviy qonuniylik holati toʻgʻrisidagi axboroti koʻrib chiqildi.

1 400 ta murojaatlar

Konstitusiyaviy sud axborotida Asosiy Qonunimizni amalga oshirish boʻyicha 15 ta yoʻnalishda olib borilgan islohotlarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Qayd etilishicha, 2024-yil davomida Konstitusiyaviy sudga jami 1 400 ta murojaatlar, shundan 1 350 tasi fuqarolar, 50 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan. Fuqarolar pensiya, fuqarolik, uy-joy, mehnat qonunchiligining alohida normalarini konstitusiyaviyligini tekshirish yuzasidan murojaat qilgan.

70 ta qonun va 218 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar

 Konstitusiyaviy sud tomonidan 2024-yilda konstitusiyaviy nazorat tartibida 70 ta qonun va 218 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitusiyaga muvofiqligi oʻrganilgan.

Shu bilan birga Konstitusiyaviy sud axborotida Asosiy Qonunimizni amalga oshirish boʻyicha bir qator takliflar ham ilgari surildi.

 Xususan, vazirlik va idoralarning nizomlari qayta koʻrib chiqilib, ularda Konstitusiyani amalga oshirish boʻyicha vazifa va funksiyalar aniq belgilab qoʻyiladi.

Konstitusiyani amalga oshirish boʻyicha takliflar

Konstitusiyaviy sud majlisida Konstitusiyani amalga oshirish boʻyicha takliflar bildirildi, jumladan:

parlament tomonidan Konstitusiyani oʻqib-oʻrganish boʻyicha Milliy faoliyat dasturini qabul qilish, Konstitusiya asoslari boʻyicha imtihonlar oʻtkazish tizimini amalda tatbiq etish;

qonunlardagi mahalliy davlat hokimiyati vakolatlariga oid umumiy normalarni hokimlik va mahalliy Kengashlar oʻrtasida ajratgan holda aniq tahrirda bayon etish;

shaxsning sukut saqlashga oid konstitusiyaviy huquqlarini jinoyat toʻlaqonli ta'minlash uchun ularni qonunchilikda batafsil aks ettirish;

inson huquq va erkinliklarini cheklovchi loyihalarni ishlab chiqishda konstitusiyaviy talablarga rioya etish;

loyihalarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda ularning Konstitusiyaga muvofiqligini baholashni alohida mezon sifatida belgilash;

renovasiyaga oid munosabatlarni qonun darajasida tartibga solish;

barcha mas'ullarning tovar va xizmatlarning erkin harakatlanishi boʻyicha konstitusiyaviy kafolatlarga soʻzsiz rioya etishiga;

maxsus qonunlarda xalqaro shartnomalarning yuridik kuchi masalasi aniq tartibga solish, xalqaro shartnomalar normalarining Konstitusiyaga muvofiqligini aniqlash mexanizmlarini ochib berish.

Теги :
Jamiyat