$
 11970.68
36.04
 13902.75
6.06
 163.18
-0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Subyektiv subyektivsiz qoldi

Subyektiv

O‘zbek Youtube'dagi eng yaxshi kanallardan biri Subyektiv loyihasi asoschisi Jamshid Ziyoxonov ko‘rsatuvni tark etdi. U o‘z video murojaatida bu haqida batafsil gapirib o‘tdi.

40 dan ortiq ko‘rsatuv, 60 million ko‘rishlar...

Dolzarb muammolarni qiziqarli tarzda ko‘tarib, xalqning mehriga sazovor bo‘lgan Subyektiv loyihasi jami 44 ta katta video ishlab,jami 65 milliondan ortiq you tube ko‘rishlariga erishgan. Jamoa juda turli mavzularga qo‘l urib, jamiyatdagi ba’zi muammolar - To‘ylardagi keraksiz urf-odatlar,Oliy ta’limdagi ahvol, treningchilarning "kirdikorlari,OIV,OITS va narkotik, chiqindi haqida; turli mamlakatlar - Turkiya, Saudiya Arabistoni, Amerika Qo‘shma shtatlari, Vyetnam kabi mamlakatlardagi yurtdoshlarimiz hayoti; hamda turli xil insonlar - Amirxon Umarov, Teacher Azam, Mirshakar Fayzullayev, Konsta(Sharif Abdullayev) kabilardan intervyular; undan tashqari ko‘plab eksklyuziv videolar - sudmedekspertiza, go‘rkov va g‘assol bilan suhbat, taksistlar hayoti, lo‘lilar kabi ko‘plab "tesha tegmagan" mavzularda video olishgan.

"Bunga senzura sabab"

Loyiha asoschisi ketishi haqida aytar ekan, bunga sabablardan biri qilin senzurani aytib o‘tdi. "Biz loyihani qanday muammolarni ko‘tarib boshlagan edi, ammo hozir format o‘zgarib ketdi, har doim bunday muammolarni ko‘tarib chiqish oson emas" deydi ijodkor. Shu bilan birga ijodkor "Zo'r ketvos" podcastidagi suhbatda bir qator ko‘rsatuvni chiqara olmagan sonlarini sanab, ichki sensuralardan charchaganligini va erkin ijod qilishni xohlashini ta'kidladi.

Shuningdek, Ziyoxonov loyihani Kun.uzdan sotib olib, davom ettirmoqchiligini ta'kidladi. Lekin, loyiha asosochisi rasmiylar bilan kelishuvga erisha olmagan. 

"Subyektiv " taqdiri nima bo‘ladi?

Ko‘rsatuv kun.uz homiyligida ochilgan, shuning uchun ko‘rsatuv o‘zining "egalariga" qaytariladi. Mavzular o‘zgarmaydi - yana o‘sha eski aktual mavzular olib chiqiladi, shunchaki loyiha ijodkorlari o‘zgaradi. 

Ijodkorlar taqdiri-chi?

Jamshidxon Ziyoxonov bilan jamoaning boshqa a’zolari - Bekmirza Rashidov, Abdullajon Yusupov, Baxtishod Muhitdinovlarning barchasi ko‘rsatuvni tark etadi va o‘zlari mustaqil yangi loyihaga qo‘l urishadi, Ziyoxonov o‘z Instagram sahifasida "hali hamma yangiliklar oldinda" deya, jamoa faoliyati davom etishini muxlislarga eslatib o‘tdi.

Теги :
Jamiyat