$
 12929.92
-20.11
 13496.25
-9.34
 146.25
3.72
weather
+26
Кечаси   +14°
uzbuild

Chet tili o‘qituvchilariga 50 million so‘m miqdorida subsidiya beriladi

chet tili o

Kasbiy ta’lim muassasalari va kasbiy ko‘nikmalar markazlarida ishlayotgan chet tili o‘qituvchilari bir martalik moliyaviy rag‘batlantirishga ega bo‘ladilar. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Ushbu tashabbus xorijiy tillarni o‘rgatish sifatini oshirish va pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Subsidiya kimlarga beriladi?

O‘qituvchilarning natijalari ularning bitiruvchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan xalqaro til sertifikatlariga qarab baholanadi. Ingliz, koreys, nemis va yapon tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan o‘quvchilar soni asosida eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 50 nafar o‘qituvchi 50 million so‘mlik subsidiya bilan taqdirlanadi.

Ishtirok etish tartibi

Chet tili o‘qituvchilari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirishlari lozim. Hujjatlar 2025 yil 25 fevralgacha qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish va zarur hujjatlarni topshirish uchun usbbu havola orqali murojaat qilish mumkin.

Loyihaning asosiy maqsadi

Ushbu reyting Prezidentning 2024-yil 17-oktyabrdagi PQ-367-sonli qaroriga binoan tashkil etilgan bo‘lib, kasbiy ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishni maqsad qilgan. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Migratsiya agentligining +99871-202-33-55 (ichki raqam 32) raqamiga murojaat qilish mumkin.

Теги :
Jamiyat