Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°
Читать на русском

Oʻtgan yili quyosh panellari o‘rnatganlarga 12 milliard so‘mdan ziyod subsidiya berildi

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1 000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

1 daqiqa o‘qiladi

Oʻtgan yili quyosh panellari o‘rnatganlarga 12 milliard so‘mdan ziyod subsidiya berildi

2024-yilda 10 826 nafar jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 12 mlrd. 182 mln. so‘m (12 million 182 ming 090 kVt/soat) davlat byudjetidan subsidiya oldi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi. 

Eng koʻp qaysi hududlarga berildi?

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:

  • Xorazm viloyati — 2,8 mlrd. so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1,9 mlrd. so‘m;
  • Toshkent shahri — 1,4 mlrd. so‘m.

Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining "Keshbek va imtiyozlar" xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.