$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda subsidiyalar qanchalik shaffof taqsimlanmoqda?

pul

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat subsidiyalarini taqsimlash jarayonida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida “Yuksalish” harakati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tadqiqot o‘tkazdi. Ushbu tadqiqotda subsidiya olishdagi nohalollik omillari chuqur tahlil qilindi va muammolarni yengib o‘tish uchun takliflar ishlab chiqildi.

Tadqiqot natijalari qanchalik ishonchli?

Tadqiqot jarayonida huquqiy bazaning tahlili, aholi bilan so‘rov o‘tkazish va “Yashirin xaridor” usulidan foydalanildi. Jami 205 nafar respondent bilan suhbat o‘tkazildi, va Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari hamda poytaxtda subsidiya olish jarayoni batafsil o‘rganildi. So‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, subsidiya olish uchun hujjatlarni topshirishning yangi, takomillashtirilgan platformasi (subsidiya.idm.uz) samarali ishlamoqda. Biroq tizimda shaffoflik va adolatni ta’minlashda hali ham bir qator muammolar mavjud.

Tadqiqotda qanday muammolar aniqlandi?

1. Ma’lumot yetishmovchiligi: Fuqarolar subsidiya olish qoidalaridan yetarli darajada xabardor emasligi aniqlandi. Shu sababli subsidiya olishga talabgorlar jarayonni tushunishda va to‘g‘ri qaror qabul qilishda qiynalmoqda.

2. Navbat tizimining shaffof emasligi: Subsidiyalarni taqsimlash navbatlariga ommaviy kirish imkoniyati mavjud emas, bu noto‘g‘ri qaror qabul qilinishiga va nohaq tanlovlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

3. Ariza topshirish jarayonidagi murakkabliklar: Ariza beruvchilarning ijtimoiy zaifligini baholash mexanizmlari aniq emas, natijada, aholi subsidiya olishda adolatsizliklarga uchramoqda.

4. Komissiya qarorlariga ta’sir ehtimoli: Tanlash komissiyasining qarorlariga ta’sir o‘tkazish xavfi mavjudligi aniqlandi, bu esa jarayonda korrupsiyaviy xatarlarni keltirib chiqaradi.

5. Murakkab holatlarda ayollarning ijtimoiy maqomini baholash: Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar uchun maxsus baholash mexanizmlarining cheklanganligi nohaqliklarga sabab bo‘lyapti.

57 foiz respondentning arizasi rad etilgan

Tadqiqotda qatnashgan respondentlarning 24 foizi subsidiya olishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa-da, ularning aksariyati komissiya qarorlarini shaffof emas deb hisoblashgan. Shuningdek, 57 foiz respondentning arizasi rad etilgan, eng ko‘p salbiy fikr-mulohazalar Toshkent shahridan kelib tushgan.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot