$
 12178.85
49.84
 14053.18
84.2
 146.54
-1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda asosiy stavka 13 foizgacha tushirilishi mumkin

Pul

O‘zbekistonda 2026-yilning ikkinchi yarmida asosiy stavka 13 foizgacha pasaytirilishi kutilmoqda. Bu haqda Yevrosiyo taraqqiyot banki o‘z prognozlarini eʼlon qildi. 

Kutilmalar

Xalqaro moliya instituti tahlilida O‘zbekiston iqtisodiyotiga oid qator kutilmalar keltirilgan. Xususan, asosiy stavka masalasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Qayd etilishicha, 2025-yil martdan beri respublikada asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida saqlab kelinmoqda. Bugungi iqtisodiy vaziyat esa mazkur darajani pasaytirishga yo‘l ochishi mumkin. 

Mamlakatda real foiz stavkasi taxminan 6,8 foizni tashkil etadi. Bu nisbatan qattiq pul-kredit sharoitlaridan dalolat beradi. Inflyatsiya maqsadli ko‘rsatkichga (5 foiz) yaqinlashishda davom etar ekan, Markaziy bank asosiy foiz stavkasini pasaytirishni boshlash uchun imkoniyatga ega bo‘ladi — biz uning 2026-yilning ikkinchi yarmida taxminan 13 foiz bo‘lishini kutmoqdamiz, deya prognozlarini bildirgan YTB.

Iqtisodiy oʻsish qanday boʻladi?

Tahlilda 2025-yil davomida mamlakat iqtisodiy o‘sishi 7,7 foizgacha tezlashgani qayd etilgan. Joriy yilda esa yalpi ichki mahsulot hajmi o‘tgan yildagidan pastroq shakllanishi kutilmoqda.

“O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026-yil boshida ham jadal rivojlanishda davom etdi. Yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarishi yillik hisobda 7,8 foizga oshdi. Chakana savdo hajmi yanvar oyida yillik 14,7 foizga ko‘paydi. Har ikki ko‘rsatkich 2025-yil o‘rtacha darajalaridan (mos ravishda 6,8 foiz va 11,2 foiz) yuqori. 2026-yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 6,7 foizni tashkil etishi kutilmoqda”, deyiladi tahlilda.

O‘z navbatida qattiq pul-kredit siyosati taʼsirida inflyatsiya sekinlashgani ham eslab o‘tilgan. YTB joriy yil yakunida inflyatsiya darajasi 7 foizdan pastga tushishiga ham urg‘u bergan.

“Mamlakatda inflyatsiya so‘nggi to‘qqiz yildagi eng past darajaga tushdi. Inflyatsiyani qattiq pul-kredit sharoitlari, milliy valyutaning mustahkamlanishi va import narxlari dinamikasi jilovlamoqda. 2026-yil oxiriga borib inflyatsiya 6,7 foizgacha pasayishi kutilmoqda”, deyiladi tahlilda.

Теги :
Jamiyat