Prezidentga yolg‘on ma’lumot berildimi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Mazkur taqdimotda Energetika vazirligi tomonidan berilgan ayrim ma’lumotlarni Statistika agentligining hisoboti inkor qilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Energetika vazirligi ma’lumoti
Prezidentga taqdim etilgan ma’lumotlarda energiya quvvatlari aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining o‘suvchan talabiga mos ravishda oshirib borilayotgani ta’kidlandi. Unga ko‘ra, o‘tgan yili 50 milliard kub metr tabiiy gaz, 81 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarilgan.
Statistika agentligi hisoboti
Shuningdek, Statistika agentligi mamlakat sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha 2024-yilgi statistikani taqdim etdi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2024-yilda gaz qazib olish 2,1 mlrd.kubga, 44,6 mlrd.kubgacha kamaygan. Tovar gaz ishlab chiqarish esa 40 mlrd.kubga ham yetmagan.
Statistika agentligi hisoboti