$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda MChJlar soni salkam 470 mingtaga yetdi

MChJ

Oʻzbekistondagi MChJlar soni 470 mingtaga yaqinlashdi. Bu haqda Statistika agentligining matbuot xizmati xabar berdi. 

9,4 % lik oʻsish

Ma'lum qilinishicha, 2024-yil 1-sentyabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxonalar sonining eng koʻp qismi mas'uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,4 % ga oʻsgan. Xususan, hozirda 469 ming 647 ta mas'uliyati cheklangan jamiyat roʻyxatga olingan.

5 yillik dinamika

Statistika agentligi soʻnggi besh yilning mos davrlaridagi dinamikani quyidagicha tarifladi: 2020-yilda MChJlar soni 267 ming 511 ta boʻlgan boʻlsa, 2021-yilda 327 ming 951 tani va keyingi yil 368 ming 945 tani tashkil qilgan.

Oʻtgan yili esa bu son 429 ming 124 ni tashkil etgan boʻlsa, 2024-yil holatiga koʻra bu 40 ming 523 taga koʻpaygan.

MCHJ oʻzi nima?

Masʼuliyati cheklangan jamiyat — aʼzolari jamiyat majburiyatlari boʻyicha faqat oʻzlari qoʻshgan ulush doirasida javobgar boʻladigan jamiyat. Ikkitadan kam boʻlmagan jismoniy yoki yuridik shaxslarning kelishuviga koʻra, umumiy xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida ularning ulushlarini qoʻshish yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin. Bunday jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi.

Теги :
Iqtisodiyot