$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda O‘zbekiston turizmida yevropalik sayyohlar oqimi sezilarli darajada ortdi

turizm turist

2024-yilning 1-yarim yilligida O‘zbekiston turizm sohasida sezilarli o‘sish kuzatildi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyadan kelgan turistlar soni o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda ancha oshgan va bu davlatlardan jami 35 ming 300 nafar sayyoh tashrif buyurgan.

Sayyohlarning 9 ming nafari Buyuk Britaniyadan

2024-yilning birinchi yarim yilligida Buyuk Britaniyadan 9 ming nafar fuqaro turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,3 ming nafarga yoki 34,5% ga oshgan.

Ularning safar maqsadlari kesimi quyidagicha:

dam olish – 7 370 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 862 nafar;

xizmat yuzasidan – 679 nafar;

tijorat – 32 nafar;

o‘qish – 31 nafar;

davolanish – 2 nafar.

Fransiyadan tashrif buyurgan turistlar

Fransiyadan 2024-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonga 10,7 ming nafar fuqaro tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning shu davri bilan solishtirganda 2,6 ming nafarga yoki 31,9% ga oshgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan Fransiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

dam olish – 9 492 nafar;

xizmat yuzasidan – 601 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 551 nafar;

tijorat – 42 nafar;

o‘qish – 28 nafar.

Eng ko‘p turist Germaniyadan

2024-yilning yanvar-iyun oylarida 15,6 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,9 ming nafarga yoki 33,1 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari safar maqsadlari kesimida quyidagicha:

dam olish – 12 985 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 1 756 nafar;

xizmat yuzasidan – 759 nafar;

tijorat – 39 nafar;

o‘qish – 19 nafar;

davolanish – 6 nafar.

Теги :
Jamiyat