$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Og‘riqli raqamlar”: jinoyat statistikasi oshkor qilindi

kishan

28-fevral kuni Senatda bo‘lib o‘tgan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida IIVning 2023-yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi borasida tegishli vazirlik va idoralar bilan olib borgan hamkorlikdagi ishlari yuzasidan axboroti eshitildi.

100 mingdan ortiq jinoyat 

2023-yilda mamlakatda 104 096 ta jinoyat ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 74 202 tasi yoki 71,3 foizi hisobot yilida sodir etilgan. Jami jinoyatlar soni mamlakat bo‘yicha har 100 ming aholiga 289 tadan to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich bo’yicha Toshkent shahri 735 ta bilan yetakcilik qilmoqda, keying navbatda Toshkent viloyatida 415 ta, 378 ta Sirdaryoda hamda Farg‘onada 328 tani tashkil etgan.

6 455 ta raqamli jinoyat

IIV ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 82,7 foizi fosh etilgan, qidiruvdagi 7 563 nafar shaxs ushlangan, bedarak yo‘qolgan 450 nafar shaxs topilgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanib sodir etilgan 6 455 ta jinoyat aniqlangan.

Mahallalar kesimida

Shu bilan birga, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Natijada 2023-yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizdagi 9 442 ta mahalladan 2 972 tasida yoki 31,5 foizida jinoyat sodir etilmagan. Jinoyatlar ko‘paygan 2 298 ta mahalla “qizil” toifaga kiritilgan.

Hamkorlik raqamlari

Bu borada IIV Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan yaqindan hamkorlik qilgani natijasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj 6 634 nafar xotin-qiz ishga joylashtirilgan, qariyb 11 ming nafariga tibbiy, moddiy va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilgan.

40 mingta himoya orderi

Bundan tashqari, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 40 ming nafardan ortiq xotin-qizga himoya orderi berilgan. Oilalar mustahkamligini saqlash maqsadida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida 17 327 ta oila yarashgan, oilaviy muammolar va zo‘ravonlikka duch kelgan 1 450 nafar xotin-qiz Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirilgan.