$
 11789.33
4.03
 13702.74
7.04
 136.48
0.35
weather
+26
Кечаси   +14°

SQB xalqaro maydonda AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

SQB xalqaro AI Tech Summit 2026

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida bankning sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha yondashuvi va amaliy natijalarini taqdim etdi.

SQB nomidan Bank Boshqaruvi raisining maslahatchisi Sergey Kozlov “AI-transformatsiya va AI-Driven SQB bankini shakllantirish” mavzusida ma’ruza qildi.

Taqdimotning markazida — SQB.Nova korporativ AI-platformasi. U generativ va prediktiv AI, ovozli texnologiyalar, hujjatlarni qayta ishlash, ML-modellar hamda korporativ ma’lumotlarni yagona texnologik muhitda birlashtiradi.

Asosiy maqsad — AI’ni alohida pilotlardan bankning kundalik jarayonlariga tizimli ravishda olib kirish.

“Har bir yangi AI-yechim avval yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, keyingi loyihalarni tezroq va samaraliroq amalga oshirishga xizmat qilishi kerak”, — dedi Sergey Kozlov.

Konferensiyada AI-texnologiyalarini O‘zbekiston va Markaziy Osiyo sharoitiga moslashtirish, shuningdek, xodimlarning texnologik kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

SQBning xalqaro texnologik platformadagi ishtiroki bankning AI va raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi amaliy tajribasini global maydonda namoyish etish imkonini berdi.