$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyodagi eng kuchli josuslik kamerasi: Qurilma kosmosdan turib inson yuzini tiniq ko‘ra oladi

China

Xitoy olimlari ilg‘or lazer texnologiyasiga asoslangan ultra aniq kuzatuv kamerasi yaratib, global kuzatuv tizimlarini o‘zgartirish yo‘lida katta qadam tashladi, deb xabar bermoqda South China Morning Post nashri. Ushbu kamera 100 km uzoqlikdagi obyektlarni millimetr aniqligida ko‘rish imkonini beradi. Bu texnologiya Xitoyga xorijiy harbiy sun’iy yo‘ldoshlarni aniq kuzatish yoki hatto orbitadan inson yuzini ajratib ko‘rish imkoniyatini berishi mumkin.

Texnologik yutuq qanday amalga oshdi?

Xitoy Fanlar akademiyasining Aerokosmik axborot instituti olimlari bu kashfiyotni mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismidagi Qinghai ko‘li hududida sinovdan o‘tkazdi.

Tizim maxsus lazer nurlaridan foydalanib, 101,8 km uzoqlikdagi obyektlarni kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Kamera 1,7 mm gacha bo‘lgan kichik tafsilotlarni aniqlay oldi. Bu esa hozirgi eng ilg‘or josuslik kameralaridan 100 baravar aniqroq degani.

Bu kamera qanday ishlaydi? 

Oddiy kameralar linzalardan foydalansa, bu tizim maxsus lazer nurlaridan foydalanadi. Bunda lazer nurlari bir nechta kichik linzalardan o‘tib, tasvirni yanada aniq qiladi. Kamera 10 gigagertsdan yuqori chastotali lazer orqali aniq masofalarni o‘lchaydi va tiniq tasvir hosil qiladi.

Josuslik texnologiyasining kelajagi

Bu yangi kamera orbitadan inson yuzini aniqlash yoki smartfon ekranidagi yozuvlarni ko‘rish imkonini berishi mumkin. Agar bu texnologiya harbiy yoki razvedka maqsadlarida ishlatilsa, boshqa davlatlar ham bunday kuzatuv tizimlarini yaratishga harakat qilishlari aniq, deya fikr bildirmoqda bir guruh ekspertlar. Xitoyning bu yutug‘i global kuzatuv standartlarini butunlay o‘zgartirishi mumkin.

Теги :
Jamiyat