$
 12179.87
8.26
 14079.93
-37.92
 148.52
-1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Sportga homiylik qilgan tadbirkorlar imtiyoz oladi

tadbirkor

O‘zbekiston prezidenti 24 mart kuni sport sohasiga xususiy sektor mablag‘larini jalb etish yuzasidan qaror imzoladi (https://lex.uz/docs/8097905).

Qanday oʻzgarish boʻladi?

2026-yil 1- apreldan boshlab, sport federatsiyasiga yillik xarajatlarining kamida 20 foizini homiy sifatida to‘lab bergan tadbirkor federatsiya raisligiga saylanishi mumkin bo‘ladi.

Shu sanadan e’tiboran, futbol klubining yillik xarajatlarining kamida 20 foizini homiy sifatida to‘lab bergan tadbirkor klubni ishonchli boshqaruvga olishi mumkin bo‘ladi.

Bunda, ayrim klublar (qaysilari ekanini O‘FA belgilaydi) tanlov asosida ishonchli boshqaruvga beriladi: tanlovda eng ko‘p homiylik mablag‘ini taklif qilgan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhi g‘olib deb topiladi.

Ustuvorlik 

Klubga o‘tgan yillarda homiylik qilib kelgan tadbirkorlarga tanlovda ustuvorlik beriladi. Ishonchli boshqaruvga berilgan klublarda Kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi tashkil etiladi, tadbirkor Kuzatuv kengashiga raislik qilishi mumkin.

Klubni ishonchli boshqaruvga olgan tadbirkorlar uni xususiylashtirib olmoqchi bo‘lsa, 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yillik muddatga 14 foiz stavkada kredit olishi mumkin. Bunda u likvidli garov ta’minoti va biznes rejasini taqdim etishi kerak. Klubning o‘z balansidagi aktivlar garovga o‘tmaydi.

Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda futbol klublariga homiylik qilgan tadbirkorlik sub’yektlari foyda solig‘idan imtiyoz oladi. Bunda, xayriya summasi soliq solinadigan foyda miqdoridan chegirib tashlanadi, lekin chegiriladigan summa – soliq solinadigan foydaning 10 foizidan oshmasligi kerak.

Futbol klublarini boshqaruvga olgan va sport federatsiyasiga homiylik qilgan tadbirkorlar MTRK tizimidagi telekanallardagi sport efirlari vaqtida 50 foiz chegirma bilan reklama joylashtirish huquqini oladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2026 yil yakuniga qadar audit va konsalting tashkilotlarini jalb etgan holda futbol klublarining bozor narxini baholash va ulardagi davlat ulushini xususiylashtirish choralarini ko‘rish topshirig‘ini oldi.

Теги :
Jamiyat