$
 12653.48
-109.05
 14871.64
-106.47
 159.75
-2.91
weather
+26
Кечаси   +14°

“Olovli” yoz: O‘zbekistonliklar birgina texnomart'dan 10 ming konditsioner, mingdan ortiq ventilyatorlar sotib olgan

Sovitkich

Joriy yoz fasli boshidan buyon O‘zbekistonda havo harorati keskin ko‘tarilib, kunlik ob-havo o‘rtacha 35-40 daraja issiq bo‘lmoqda. Ayrim kunlarda esa bu raqamlar 40-45 darajagacha yetmoqda. Bu holat maishiy texnika bozorida havo sovitkichlariga bo‘lgan talabni keskin oshirdi.

texnomart’ning UZ24'ga bergan ma’lumotlariga ko‘ra:

– So‘nggi ikki oy (iyun-iyul) ichida o‘zbekistonliklar texnomart tarmog‘idan jami 11 ming havo sovitish tizimlarini xarid qilgan.

– Jazirama haroratdan saqlanish uchun xarid qilingan texnikalarning 10 mingi konditsionerlar, qolgan mingtasi ventilyatorlar.

O‘zbekistonliklar ushbu texnikalar uchun jami 5 milliard 600 million so‘m pul sarflagan:

– Konditsionerlar uchun 5 milliard so‘m;

– Ventilyatorlar uchun 600 million so‘m.

Texnikalarning o‘rtacha narxi qanday:

– Konditsioner – 5 million so‘m;

– Ventilyator – 600 ming so‘m.

Hamyurtlarimiz issiqlikdan qutulish uchun o‘z byudjetlariga mos texnikalarni tanlashmoqda. Bu hali birgina maishiy texnikalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tarmoqning hisobotlari xolos. Yurtimizdagi aholi soniga nisbatan qaralganda, asil ko‘rsatkich bundan karrasiga yuqorishi bo‘lishi tayin.

Теги :
Jamiyat