Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

2023-yil butun dunyo uchun "qizil signal" bo'ldi

2023-yilda issiqxona gazlari, Yer yuzasi harorati, okeanning issiqligi va kislotalanishi, dengiz sathining ko‘tarilishi, Antarktika dengiz muzining yo‘qolishi va muzliklarning chekinishi bo‘yicha rekordlar yangilandi. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) hisobotida aytiladi.

2 daqiqa o‘qiladi

2023-yil butun dunyo uchun "qizil signal" bo'ldi

2023-yilda issiqxona gazlari, Yer yuzasi harorati, okeanning issiqligi va kislotalanishi, dengiz sathining ko‘tarilishi, Antarktika dengiz muzining yo‘qolishi va muzliklarning chekinishi bo‘yicha rekordlar yangilandi. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) hisobotida aytiladi. 

2023-yil eng issiq yil bo'ldi

Global iqlim holati to‘g‘risidagi hisobot 2023-yil oldingi davrlarga nisbatan katta farq bilan rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lganini tasdiqlaydi. 

"Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuvi tomonidan belgilangan 1,5°S past chegarasiga vaqtincha bo‘lsa ham juda yaqinlashdik... JMT hamjamiyati dunyoga "qizil signal" yubormoqda", dedi JMT bosh kotibi Selesta Saulo. 

 Rekord darajadagi muz yo‘qotilishi

2023-yilda o‘rtacha bir kunda dunyo okeanining qariyb uchdan bir qismini dengiz issiq to‘lqini qamrab oldi va bu hayotiy muhim ekologik va oziq-ovqat tizimlariga ta’sir ko‘rsatdi. 2023-yil oxiriga kelib, okean yuzasining 90 foizidan ortig‘i yil davomida issiqlik to‘lqinlaridan ta’sirlangan. 

Dastlabki ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, global referent muzliklar to‘plami Shimoliy Amerika va Yevropaning g‘arbiy qismida haddan tashqari erish oqibatida rekord darajadagi muz yo‘qotilishiga olib kelgan. Antarktika dengiz muzlari miqdori rekord darajada pasaygan. 

Yaxshi xabar ham bor

Shunga qaramay, 2023-yilda qayta tiklanadigan energiya quvvatlarining o‘sishi 2022-yilga nisbatan qariyb 50 foizga oshdi va jami 510 Gigavattni tashkil etdi. Bu so‘nggi yigirma yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

2024-yilning dastlabki oylari ma’lumotlariga qaraganda, olimlar ko‘rsatgan tendensiyalar davom etadi. Copernicus Yevropa iqlim xizmati ekspertlarining fikriga ko‘ra, fevral dunyodagi eng issiq oy bo‘lgan. 

Fevral oyida sayyoradagi o‘rtacha harorat Tselsiy bo‘yicha plyus 13 darajadan oshdi. Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bu ketma-ket to‘qqizinchi marta rekord darajadagi eng issiq oy bo‘ldi.