$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda futbolchilar va murabbiylar qancha oylik-maosh oladi?

futbol va pul

O‘zbekiston futbolida boshqa sohalardagi kabi maosh masalasi ochiqlanavermaydi, desak xato bo‘ladi. Ochiqlanmaydi. Faqatgina bundan uch yil avval "Paxtakor" klubi matbuot xizmati tarixda ilk bor klub futbolchilari, murabbiylar shtabi va rahbariyatining maoshlari va daromadlari bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlagandi. O‘shanda bu holat jamoatchilik orasida katta muhokamalarga sabab bo‘lgan. So‘nggi yillarda vaziyat biroz o‘zgardi. Futbol ichidagi agentlar va insayderlar asta-sekin shartnomalar bilan bog‘liq ma’lumotlarni ochiqlay boshladi. Buning ortidan umumiy vaziyatni biroz bo‘lsa-da anglash osonlashdi. Xo‘sh, O‘zbekiston chempionatida to‘p tepuvchi futbolchilar qancha maosh olishadi?

Futbolchilarning 3 yil avvalgi ochiqlangan maoshlari miqdori

Dastlab, yuqorida ta’kidlaganimiz, mamlakat jamoalari ichida ilk bor futbolchilarning maoshini ochiqlangan masalaga to‘xtalsak. Ma’lum bo‘lishicha, poytaxt klubning eng yuqori maosh oluvchi futbolchilari legionerlar — shveysariyalik Eren Derdiyo‘k (yillik maosh 1,3 mln. yevro) hamda serbiyalik Dragan Cheran (350 ming dollar) hisoblanishgan. Asosiy tarkibdagi mahalliy futbolchilarga esa bir xilda - yiliga 153 million 120 ming so‘mlik maosh tayinlangan. Shu bilan birgalikda, futbolchilarga o‘yinlardagi ishtiroki va ko‘rsatgan natijalariga qarab alohida mukofot pullari belgilangan va bu miqdorlar yillik maoshlardan bir necha baravar (ayrim holatlarda bir necha o‘n baravar) yuqori ko‘rsatilgan. Masalan, jamoa himoyachisi Yegor Krimetsga 4 milliard so‘mdan ortiq mukofot puli chiqarilgan. Shuningdek, Anzur Ismoilov (1,7 mlrd.), Aziz Turg‘unboyev (1,4 mlrd.), Sardor Sobirxo‘jayev (1,4 mlrd.), Farrux Sayfiyev (1,1 mlrd.), Sherzod A’zamov (1,1 mlrd.), Eldor Suyunov (1,1 mlrd.), Abror Ismoilov (1 mlrd.) miqdorida mukofot puli olgan. Ta’kidlash joiz, ushbu ma’lumotlar ommaga taqdim qilinganiga 3 yil to‘ldi.

Пахтакор»чиларнинг маошлари эълон қилинди - xabar.uz

Minimal oyilik-maosh summasi belgilandi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi endilikda mehnatga haq to‘lashning besh barobar miqdoridan kam bo‘lgan mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazmasligini ma’lum qildi. Bunga qadar liga ro‘yxatidan o‘tadigan mehnat shartnomalarida minimal oylik-maosh belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga ko‘ra klub o‘z futbolchisiga O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan summada maosh belgilashi lozim bo‘lgan. Shunday qilib, endilikda O‘zbekiston Professional futbol ligasidan ro‘yxatdan o‘tgan har bir futbolchiga klubi tomonidan 5 million 775 ming so‘m maosh beriladi.

Futbolchilarda o‘zining oylik chiqimlarini qoplash bilan bog‘liq qiyinchiliklar bor

O‘zPFL tahlillariga ko‘ra, professional futbol klublarida oylik-maoshlarning yuqori miqdori oshishda davom etmoqda, biroq yosh iqtidorlarni rag‘batlantirish masalasida qator muammolar mavjud. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ko‘rinishida maosh olayotgan futbolchida o‘zining oylik chiqimlarini qoplash bilan bog‘liq qiyinchiliklar bor. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi hamkorlikda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga mazkur masalada qo‘shma taklif kiritgan. Har uch tashkilot hamkorlikda yakdil qaror qabul qilguniga qadar, Liga mehnatga haq to‘lashning besh barobar miqdoridan kam bo‘lgan mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazmasligini ma’lum qildi. "Parallel ravishda “Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ustida ish olib borilmoqda. Tez orada bu masalada ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. Bunda professional futbolchi maqomi qayta ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mashg‘ulot kompensatsiyasi va shu bilan bog‘liq masalalar yanada aniqroq ko‘rinishda tartibga solinadi hamda kelishish uchun FIFA’ga taqdim etiladi", deya qayd etadi tashkilot matbuot xizmati.

Insayderlar bir tomon, rahbariyat bir tomon

Shu-shu yuqoridagi “sherlar” sinovdan o‘tkazib bergan tendensiya yo‘q bo‘lib ketdi. Klublar ortiqcha “bosh og‘rig‘i”dan, muhokamalar markazida bo‘lishdan o‘zlarini tortishdi. Biroq oradan vaqt o‘tib O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Superligada faoliyat olib borayotgan futbolchilarning oyliklari haqida navbatdagi qiziqarli ma’lumotni ochiqladi. “Endi faoliyatini boshlayotgan futbolchilar 2—3 million so‘m oylik oladi. Eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar 100—150 million so‘m atrofda maosh oladi. Shuni aytishim mumkin. Bu hamma futbolchi shuncha maosh oladi, degani emas. O‘rtacha maosh miqdori Superligada 25—30 millionni tashkil qiladi. Pro Ligada o‘rtacha oylik 10—15 million atrofida”, — degan PFL bosh direktori. Biroq insayder Narzulla Saydullayevning ma’lumotlariga ko‘ra, Superligada o‘ynagan ko‘plab futbolchilarning maoshi 20—30 ming AQSh dollari atrofida. 

Murabbiy va legioner futbolchilar maoshi

Tabiiyki, o‘quvchida yana savollar tug‘iladi. Legionerlar va murabbiylar qancha maosh oladi? Yuqorida Superliganing uzoq yillik to‘purari Dragen Chernning uch yil avvalgi maoshi bilan tanishdingiz. Qolgan legionerlarning ham maoshini klub ambitsiyalari va o‘yinchining mahoratidan kelib chiqib taxmin qilishingiz mumkin. Masalan, avvalroq “Nasaf”ga olib kelingan va jarohat sabab ko‘plab o‘yinlarda maydonga tusha olmagan Andres Chavez qarshiliklar safida oyiga 30 ming AQSh dollari miqdorida maosh olgan. Murabbiylarning maoshiga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda bugungi kunda grand jamoalar murabbiylari tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra 15-25 ming dollar oralig‘ida oylik maosh olishadi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot