$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Soqol yoki qamoq tanlovi: “Tolibon” diplomatlarga soqol o‘stirish majburiyatini qo‘ymoqda

Soqol

Amu telekanali ma’lumotiga ko‘ra, “Tolibon” rejimi afg‘on diplomatlari ustidan nazoratni kuchaytirishda davom etmoqda

Dastlabki ogohlantirish

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Tolibon” rasmiylari 8-fevral kuni Afg‘onistonning Eron bilan chegaradosh Islom-Qal’a shahridagi Xalqaro migratsiya tashkilotining qochqinlarni qabul qilish markazida ishlovchi xodimlarni soqol oldirish yoki qisqartirish jazoga sabab bo‘lishini aytib, bunday ish qilganlar hibsga olinishi haqida ogohlantirgan. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, “Tolibon” hukumati Afg‘onistondagi davlat idoralari xodimlariga soqol olishni taqiqlagan.

Ichki nazoratning kuchayishi mamlakatning xalqaro maydondagi ishtirokini murakkablashtirmoqda

Bu afg‘on diplomatlariga bosim o‘tkazish bo‘yicha birinchi holat emas. 2023-yil aprel oyida “Tolibon” ayollarga BMTda ishlashni taqiqlagan, mamlakat ichida esa insonparvarlik missiyalariga to‘sqinlik qilishni davom ettirmoqda. Natijada 72 gumanitar loyiha to‘xtatilgan. Shariat normalarini himoya qilish bahonasi ostida “Tolibon” nafaqat diplomatlarning shaxsiy hayotini nazorat qilmoqda, balki Afg‘onistonning xalqaro maydondagi ishtirokini murakkablashtirmoqda. 

Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda Ezguliklarni targ‘ib qilish va illatlarni oldini olish vazirligi 2021 yilda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach tashkil etilgan.

Теги :
Jamiyat