Soliq to‘lovchilarga nisbatan o‘tkazilgan kameral tekshiruvlarda 8 mlrd. so‘mlik tafovut aniqlandi
Davlat Soliq qo‘mitasi joriy yilning yanvar – avgust oylari davomida o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijalarini e’lon qildi.
2 daqiqa o‘qiladi

2024-yil yanvar – avgust oylari davomida 14,6 mingta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining (553,2 ming) 2,6 %ni tashkil etadi.
8 712,5 mrld. so‘m tafovutlar
Ushbu tekshiruvlar natijasida 8 712,5 mrld. so‘m tafovutlar aniqlangan hamda soliq to’lovchilarga tafovutlar to‘g‘risidagi talabnoma yuborilgan.
Asosan quyidagi soliq turlari bo‘yicha tafovutlar aniqlangan:
QQS – 4 207,5 mrld. so‘m;
foyda soligʻi – 3 887,2 mrld. so‘m;
JShODS – 293 mlrd. so‘m;
Aksiz solig‘i – 101,2 mlrd. so‘m;
boshqa soliqlar va yig‘imlar – 223,5 mlrd. so‘m;
Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:
umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko’rsatish – 4 980,5 mrld so‘m;
qurilish – 1 513,5 mrld. so‘m;
ishlab chiqarish – 1 463,7 mrld. so‘m;
transport – 318,3 mlrd. so‘m;
qishloq xo‘jaligi – 251,7 mlrd. so‘m;
boshqa sohalar – 211,8 mlrd. so‘m.
Tekshiruvdan oldingi tahlillar natijalari
2024-yil yanvar – avgust oylarida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 49 584 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan va 1 955,2 mlrd. so‘m soliqlar hisoblangan.
Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:
umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish – 832,4 mrld. so‘m.
ishlab chiqarish – 484 mrld. so‘m.
qurilish – 277 mlrd. so‘m;
qishloq xo‘jaligi – 106,7 mlrd. so‘m;
transport – 96,3 mlrd. so‘m.



