$
 12831.81
-25.54
 14606.45
-66.36
 163.75
0.3
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Kontrakt summasidan daromad solig‘ini qaytarib olish tartibi qanday?

soliq

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish maqsadida o‘zingiz, farzandingiz, yigirma olti yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ingiz uchun to‘laydigan daromadlaringizga soliq solinmaydi.

 Imtiyozdan foydalanish tartibi

Mazkur imtiyoz banklardan olgan ta’lim kreditlaringizni (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. 

Bu imtiyozdan onlayn – my3.soliq.uz sayti yoki Soliq mobil ilovasi, qolaversa, o‘z hududingizdagi soliq organlari orqali foydalanishingiz mumkin. 

Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo‘lsangiz, shartnoma summasini o‘zingiz mustaqil ravishda to‘lagan bo‘lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va keltirilgan hujjatlarni topshirish orqali to‘langan daromad solig‘ini qaytarishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar ro‘yxati:

• talaba bilan oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi; 

• tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi, bor bo‘lsa; 

• kontrakt mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.

• pasport nusxasi 

Agar ta’lim uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori yillik daromadingizdan ortiq bo‘lsa, boshqa oila a’zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to‘langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda avval imtiyoz qo‘llanilgan summa miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak.