$
 11934.61
-17.49
 13788.05
8.47
 144.64
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Soliqlar haligacha odamlarga tushunarsiz bo‘lib bormoqda

Soliq

Soliq qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan rasmiy axborotga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki yetti oyida idoraning markaziy apparatiga elektron hujjat aylanish tizimi orqali jami 29 806 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlar deyarli elektronlashib bo‘lgan

Aholining davlat organlari bilan muloqotida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘rsatkichi yuqori ekani kuzatilmoqda. Jumladan, kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi, ya’ni 24 611 tasi (82,6 foizi) elektron shaklda yuborilgan. Shuningdek, 3 251 ta murojaat (10,9 foiz) og‘zaki, 1 944 tasi esa (6,5 foiz) an’anaviy yozma tarzda ro‘yxatga olingan.

Raqamli muloqot kanallarining imkoniyatlaridan keng foydalanilayotgani idoraning Qayta aloqa axborot tizimi statistikasi bilan ham tasdiqlanadi. Ushbu tizim orqali hisobot davrida jami 45 284 ta murojaat qabul qilingan. Ularning mutlaq ko‘pchiligi, ya’ni 44 587 tasi Soliq.uz rasmiy saytida joylashtirilgan Bizga xabar yuboring xizmati orqali, 697 tasi esa Soliq mobil ilovasining “Xabar yuborish” imkoniyati vositasida yo‘llangan.

Soliq haqida tushuntirish

Fuqarolar va yuridik shaxslarni eng ko‘p qiziqtirgan masala soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirishlar olish hisoblanadi. Murojaatlarning qariyb yarmi, ya’ni 13 397 tasi aynan ushbu sohaga taalluqli bo‘lgan.

Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etilgan:

  • Soliqlardan ozod qilish va turli imtiyozlar berish masalalari bo‘yicha 368 ta murojaat kelib tushgan;
  • Soliq tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan 176 ta murojaat ro‘yxatga olingan;
  • Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida uchrayotgan qonunbuzarliklar bo‘yicha 16 ta murojaat yo‘llangan;
  • Boshqa masalalar, jumladan, tegishli ma’lumotlarni taqdim etish, ijtimoiy tusdagi masalalar hamda minnatdorlik bildirish bilan bog‘liq murojaatlar soni 15 849 tani tashkil etgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda hal etish natijalari

Elektron hujjat aylanish tizimiga kelib tushgan 29 806 ta murojaatning 28 311 tasi, ya’ni 95 foizi vakolatli mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ijobiy hal etilgan. Qolgan murojaatlar bo‘yicha ko‘rilgan choralar quyidagicha shakllangan:

  • 1 325 ta murojaat belgilangan qonuniy muddatlarda o‘rganish va ko‘rib chiqish jarayonida ko‘rsatilgan;
  • 82 ta murojaat vakolati doirasida ko‘rib chiqilishi uchun tegishli tashkilotlarga yuborilgan;
  • 43 ta holatda murojaatda ko‘rsatilgan ma’lumotlar tekshiruv va o‘rganishlar davomida o‘z tasdig‘ini topmagan;
  • 45 ta murojaat esa anonim deb topilib, amaldagi tartibga ko‘ra ko‘rib chiqilmasdan qoldirilgan.

Qayta aloqa axborot tizimi orqali kelgan 45 284 ta murojaatdan 45 234 tasiga tegishli javoblar taqdim etilgan bo‘lsa, 50 ta murojaat hozirgi kunda o‘rganish jarayonida turibdi.

Murojaatchilar geografiyasi

Hududlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatadiki, murojaatlar soni bo‘yicha Toshkent shahri mutlaq yetakchilik qilmoqda. Poytaxt hissasiga umumiy ko‘rsatkichning 36 foizi to‘g‘ri kelgan bo‘lib, bu yerdan 10 732 ta murojaat kelib tushgan.

Boshqa hududlardan kelgan murojaatlar soni quyidagicha taqsimlangan:

  • Toshkent viloyati – 2 701 ta (9,1 foiz);
  • Samarqand viloyati – 2 450 ta (8,2 foiz);
  • Qashqadaryo viloyati – 2 176 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 1 826 ta;
  • Andijon viloyati – 1 589 ta;
  • Buxoro viloyati – 1 469 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 1 232 ta;
  • Navoiy viloyati – 1 180 ta;
  • Namangan viloyati – 1 108 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 929 ta;
  • Xorazm viloyati – 891 ta;
  • Jizzax viloyati – 853 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 625 ta.

Bundan tashqari, boshqa respublikalardan Soliq qo‘mitasi markaziy apparatiga yuborilgan murojaatlar soni 45 tani tashkil etgan.

Теги :
Jamiyat