$
 12019.08
-82.76
 13689.73
-122.1
 153.87
0.12
weather
+26
Кечаси   +14°

Deyarli 500 milliard so‘mlik qarzdorlik: Xodimlari eng ko‘p soliq qarzi bo‘lgan tashkilotlar ma’lum qilindi

Soliq qomitasi Foto: Gazeta.uz

O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar xodimlarining mol-mulk hamda yer solig‘i bo‘yicha qarzdorligi 498,7 milliard so‘mdan oshib ketdi. Soliq qo‘mitasi 2026-yilning 22-iyul holatiga ko‘ra shunday ma’lumotlarni taqdim etdi.

Umumiy hisobda 183 668 ta tashkilot xodimida soliq qarzi borligi aniqlangan. Ushbu qarzdorlik 885 336 nafar xodim hamda soliq solinadigan 1 069 710 ta obyekti hisobiga to‘g‘ri keladi.

Umumiy qarzdorlik summasidan:

  • Yer solig‘i — 282,8 milliard so‘m;
  • Mol-mulk solig‘i — 215,9 milliard so‘m.

Asosiy qarzdorlik tijorat tashkilotlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda

Eng katta qarzdorlik aynan tijorat korxonalari xodimlari chekiga tushgan — 387,9 milliard so‘m.

Bujdet tashkilotlari xodimlarining qarzi 90,8 milliard so‘mni, nodavlat obliged va notijorat tashkilotlari xodimlariniki esa 20 milliard so‘mni tashkil etmoqda.

Xodimlari eng ko‘p qarzdor bo‘lgan TOP-3 tashkilot

To‘lanmagan soliq miqdori bo‘yicha quyidagi tashkilotlar xodimlari yetakchilik qilmoqda:

1. “Temiryo‘llarinfratuzilma” AJ — 5,6 milliard so‘m;

2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ — 4,2 milliard so‘m;

3. “Olmaliq kon-metalurgiya kombinati” AJ — 4,1 milliard so‘m.

Eng ko‘p qarz qaysi sohalarda yig‘ilib qolgan?

Tijorat tashkilotlari orasida eng yirik qarzdorlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelmoqda.

Ushbu sohadagi 54 746 ta tashkilot xodimlari hisoblangan 177,6 milliard so‘mdan 100,3 milliard so‘mini to‘lamagan.

Keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan:

  • Sanoat — 77,3 milliard so‘m;
  • Savdo — 66,2 milliard so‘m;
  • Qurilish — 50,3 milliard so‘m;
  • Transport va saqlash — 20,2 milliard so‘m;
  • Xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish — 17,9 milliard so‘m;
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar — 6,5 milliard so‘m;
  • Axborot va aloqa — 5,3 milliard so‘m.

Qolgan sohalar hisobiga yana 43,9 milliard so‘mlik soliq qarzdorligi to‘g‘ri kelmoqda.

Теги :
Jamiyat