$
 12037.21
43.68
 14071.50
17.48
 159.62
1.1
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘tgan yili 6 nafar top-bloger 110 million so‘m soliq to‘ladi

bloger

O‘zbekistondagi blogerlarning ayrimlari huquqiy maqomiga mos bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Eng faol 110 bloger

Qo‘mitada o‘tkazilgan blogerlar ishtirokidagi uchrashuvda sohada eng faol bo‘lgan 110 nafar bloger ro‘yxati shakllantirilgani ma’lum qilindi. Shundan 55 nafari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs, 33 nafari yakka tartibdagi tadbirkor, 22 nafari esa jismoniy shaxs sifatida faoliyat yuritayotgani aniqlangan.

“Bu blogerlar faoliyati ko‘lami bilan ularning huquqiy maqomi o‘rtasida nomutanosiblik mavjudligini ko‘rsatadi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, 3 mlndan ortiq obunachiga ega 6 nafar top-bloger faoliyati alohida tahlil qilindi. 2025-yil davomida ular tomonidan 360 ta storis (o‘rtacha oyiga 5 ta) va 184 ta reklama posti joylashtirilgan. Rasmiy hisobotlarga ko‘ra, ularning jami daromadi 2,7 mlrd so‘mni tashkil etib, byudjetga 110,4 mln so‘m soliq to‘langan.

Soliq solish tartibi

Uchrashuvda blogerlar jamoasi vakillariga reklamadan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish tartibi tushuntirildi. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomi xodim yollash huquqini bermasligi, amalda esa ayrim blogerlar administratorlar, yordamchilar va boshqa mutaxassislar jalb qilinayotgani qayd etildi.

Shuningdek, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan o‘quv tadbirlarini tashkil etish taklif qilindi. Soliq qo‘mitasida blogerlar faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish va daromadlar shaffofligini ta’minlash muhim ekanligi ta’kidlandi.

Теги :
Jamiyat