Ko‘proq kimlar soliqdan qochyapti?
O‘zbekistonda tashkilotlar xodimlarining mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorligi 462,5 mlrd so‘mdan oshdi. Bu haqda Soliq xizmati xabar berdi.
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tashkilotlar xodimlarining mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorligi 462,5 mlrd so‘mdan oshdi. Bu haqda Soliq xizmati xabar berdi.
2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 124 521 ta tashkilotda faoliyat yurituvchi 457 609 nafar xodimning to‘lanmagan soliq majburiyatlari mavjud. Umumiy qarzdorlik 520 213 ta soliq solish obyektlari bo‘yicha shakllangan.
Umumiy summadan:
- 295,7 mlrd so‘m — yer solig‘i ulushiga to‘g‘ri keladi;
- 166,8 mlrd so‘m — mol-mulk solig‘i hissasiga to‘g‘ri keladi.
Kimlarda qarzdorlik ko‘proq: tashkilot turlari kesimida
Eng katta qarzdorlik tijorat tashkilotlari xodimlari hissasiga to‘g‘ri kelib, 346 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, qarzdorlik quyidagicha taqsimlangan:
- 97,7 mlrd so‘m — byudjet tashkilotlari xodimlarida;
- 18,8 mlrd so‘m — nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarida.
Eng katta soliq qarzdorligi qayd etilgan sohalar
Tijorat tashkilotlari orasida eng katta qarzdorlik quyidagi tarmoqlarga to‘g‘ri kelgan:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi
- 36,4 mingta tashkilotdagi 54,6 ming nafar xodim — 86,2 mlrd so‘m
Sanoat
- 15,4 mingta tashkilotdagi 75,8 ming nafar xodim — 71,4 mlrd so‘m
Qurilish
- 7,9 mingta tashkilotdagi 32,8 ming nafar xodim — 58 mlrd so‘m
Savdo
- 27,7 mingta tashkilotdagi 42,4 ming nafar xodim — 53,9 mlrd so‘m
Tashish va saqlash
- 3,9 mingta tashkilotdagi 18,4 ming nafar xodim — 15,3 mlrd so‘m
Joylashtirish va ovqatlanish xizmatlari
- 6,6 mingta tashkilotdagi 10,5 ming nafar xodim — 13,7 mlrd so‘m
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar
- 3 mingta tashkilotdagi 5,9 ming nafar xodim — 4,8 mlrd so‘m
Axborotlashtirish va aloqa
- 1,2 mingta tashkilotdagi 4,6 ming nafar xodim — 4,2 mlrd so‘m
Boshqa sohalar
- 11,2 mingta tashkilotdagi 36,6 ming nafar xodim — 38,5 mlrd so‘m
Xodimlar soliqlari summasi eng yuqori bo‘lgan TOP-3 tashkilot
Xodimlar tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summalari eng yuqori qayd etilgan kompaniyalar:
- “Temiryo‘linfratuzilma” AJ — 2,1 mlrd so‘m
- “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 1,9 mlrd so‘m
- “Hududgazta’minot” AJ — 1,8 mlrd so‘m



