$
 12915.18
10.27
 13291.01
-152.03
 115.31
-11.2
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yilda mamlakat byudjetiga soliq tushumlari 20 foizga oshdi

pul

2024-yilda mamlakat byudjetiga soliq tushumlari 20 foizga oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Tuman va shaharlar byudjetiga esa 24 foiz koʻp soliq tushgan

O‘tgan yili davlat byudjetiga 199,1 trillion so‘m soliq undirilgan. Mazkur miqdor 2023-yildagidan 33,1 trillion so‘mga (20 foiz) ko‘p.

“Hisobot davrida tuman va shaharlar byudjetiga soliq tushumlari 24 foizga oshgan”, deyiladi xabarda.

Prognoz oʻzini oqladimi?

Eslatib oʻtamiz, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilda davlat byudjeti daromadlari 271 trillion so‘m bo‘lishini prognoz qilgan. Shundan soliq tushumlari 196,3 trillion so‘mni tashkil etishi kutilayotgani qayd etilgan.

Avvalgi yillarda qancha soliq yigʻilgan?

Respublikada avvalgi yillarda yig‘ilgan soliqlar miqdorlari quyidagicha:

2021-yilda 127,9 trillion so‘m;

2022-yilda 148,5 trillion so‘m;

2023-yilda 165,9 trillion so‘m.

Maʼlum qilinishicha, 2025-yilda qo‘mitaga 224 trillion so‘m soliq tushumlarini taʼminlash vazifasi yuklatilgan.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot