$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘tgan yilda dunyoda miqyosida eng ko‘p sotilgan smartfonlar nomi e’lon qilindi

Smartfonlar

Counterpoint Research tahliliy kompaniyasi 2024-yilda eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingini taqdim etdi

Sotuv reytingida iPhone brendi yetakchilik qilmoqda 

Ma’lumotlarga qaraganda, iPhone 15 o‘tgan yilgi iPhone 14 ning muvaffaqiyatini takrorlab, joriy yilgi reytingda yana birinchi o‘rinni egalladi. iPhone 15 ning asosiy bozorlari AQSh va Xitoyda bo‘lib, ushbu davlatlar yillik sotuvlarning deyarli yarmini tashkil qiladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni iPhone 15 Pro Max va iPhone 15 Pro egalladi. Mijozlarning yuqori sifatli smartfonlarga bo‘lgan qiziqishi ortib borishi bilan iPhonening asosiy versiyasi va Pro modellari o‘rtasidagi sotuv farqi asta-sekin qisqarmoqda.

Muhim jihati shundaki, uchinchi chorakda ilk bor iPhone umumiy sotuvining yarmi aynan Pro versiyalari hisobiga to‘g‘ri keldi. Ushbu o‘zgarish Applega qimmatroq qurilmalarni sotishni rag‘batlantirishga yordam beradi, deydi ekspertlar.

Samsung brendining ko‘rsatkichlari

Samsung top-10 talik reytingida to‘rtta o‘rinni egallab, yuqori mavqeyini saqlab qoldi. Galaxy A15 5G smartfoni dunyodagi eng ko‘p sotilgan to‘rtinchi smartfon bo‘ldi. Ushbu model, ayniqsa, Shimoliy Amerikada yaxshi ishladi va jami sotuvlarning 20 foizini tashkil etdi.

Galaxy A15 ning 4G versiyasi ham 5G hali rivojlanmagan hududlarda mashhur bo‘lib, kuchli o‘ntalikka kirdi. Bundan tashqari, 2018-yildan beri birinchi marta Galaxy S seriyasi yuqori o‘ntalikka kirdi. Galaxy S24 seriyasining sotuvlari asosan GenAI imkoniyatlariga qaratilgan kuchli marketing tufayli oshdi. Uning mashhurligi sun’iy intellekt texnologiyalarini, jumladan, aqlli qidiruv, ovozli xabarlarni avtomatik tarjima qilish va matnni qayta ishlashning yaxshilangan funksiyalarini joriy etish bilan bog‘liq bo‘ldi.

iPhone 16 nega avvalgi modellaridek sotilmadi?

Kuchli o‘ntalikka iPhone 16 liniyasining ikkita versiyasi ham kirdi, ammo Pro Max o‘zining yangilangan texnik xususiyatlariga qaramay, sotuvlar bo‘yicha avvalgi modellardan o‘zib keta olmadi. Oddiy Pro versiyasi esa to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

Joriy yil uchun kutilmalar

2024-yil flagman bozori uchun katta o‘zgarishlarga boy bo‘ldi. Ilk marta eng ko‘p sotilgan smartfonlarning yarmidan ko‘pi sun’iy intellekt bilan jihozlandi. Mutaxassislar 2025-yilda eng ko‘p sotiladigan modellar sun’iy intellekt qurilmalari bilan jihozlanishi haqida taxmin qilishmoqda.

Теги :
Jamiyat