$
 12179.81
-30.05
 14139.54
-31.22
 156.73
-0.8
weather
+26
Кечаси   +14°

iPhone 17 yoki S26 Ultra: Qaysi smartfon chidamliroq?

smartfon

Mashhur Mrwhosetheboss nomli yutuber yangi Samsung Galaxy S26 Ultra avtonomligi va unumdorligini avvalgi model, shuningdek, asosiy raqobatchilari — iPhone 17 Pro Max, Google Pixel 10 Pro XL, OnePlus 15, Oppo Find X9 Pro hamda Xiaomi 17 Ultra bilan taqqosladi.

Qizishga qarshi sinov

Telefonlardan o‘rtacha yuklanish rejimida ikki soat foydalanilgach, barcha ishtirokchilar orasida eng katta — 7 500 mA⋅soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan Oppo Find X9 Pro yetakchiga aylandi.

Qizishga qarshi sinovda Galaxy S26 Ultra va iPhone 17 Pro Max eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Google Pixel 10 Pro XL esa eng ko‘p qizigani bo‘ldi (keyinroq Oppo Find X9 Pro unga yetib oldi va hatto undan o‘zib ketdi). Test muallifining ta’kidlashicha, smartfon qanchalik tez qizisa, uning samaradorligi shunchalik pasayadi va tezroq eskiradi.

Toʻrt soatlik sinov

To‘rt soatlik sinovlardan so‘ng Samsung’ning yangi flagmani, akkumulyator sig‘imi bir xil (5 000 mA·soat) bo‘lishiga qaramay, o‘zidan avvalgi modelni ortda qoldirdi. Bu quvvat sarfi optimizatsiyasi yaxshilanganidan dalolat beradi.

Mobil o‘yinni ishga tushirishda Google Pixel 10 Pro XL uni hammadan uzoqroq yukladi. Oradan bir soat o‘tgach, zaryadi 44% gacha tushib ketdi, holbuki, qolgan qurilmalarda bu ko‘rsatkich 55% dan yuqori bo‘lib turardi.

Samaradorlik 

Samaradorlik sinovida Pixel 10 Pro XL va Galaxy S25 Ultra eng past natijani ko‘rsatdi.

Natijada butun sinov davomida orqada qolayotgan Pixel 10 Pro XL birinchi bo‘lib o‘chdi. U 9 soat 53 daqiqa ishladi. Shundan so‘ng Galaxy S25 Ultra (10 soat 43 daqiqa) va Xiaomi 17 Ultra (11 soat 27 daqiqa) sinovdan chiqdi. Eng uzoq ishlaydigan smartfon esa Oppo Find X9 Pro bo‘ldi.

Top ro‘yxat quyidagicha:

Oppo Find X9 Pro — 14 soat-u 16 daqiqa.

OnePlus 15 — 12 soat-u 55 daqiqa.

Samsung Galaxy S26 Ultra — 12 soat.

iPhone 17 Pro Max — 11 soat-u 32 daqiqa.

Xiaomi 17 Ultra — 11 soat-u 27 daqiqa.

Samsung Galaxy S25 Ultra — 10 soat-u 43 daqiqa.

Google Pixel 10 Pro XL — 9 soat-u 53 daqiqa.

“Oppo Find X9 Pro qizishga moyilligi jihatidan eng yaxshi smartfon emas, ammo bardoshlilik borasida unga teng keladigani yo‘q”, deya xulosa qildi bloger.

Теги :
Jamiyat