$
 12109.02
75.74
 14139.70
78.81
 150.31
1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Sifatli va hamyonbop: Bugungi kunda xarid qilish uchun eng yaxshi smartfonlar qaysi?

telefon


Mashhur texnologiya nashri «Tom’s Guide» 2026-yil boshida xarid qilish uchun eng yaxshi smartfonlar reytingini taqdim qildi . Ro‘yxat turli ehtiyoj va byudjetlarga mos modellarni qamrab oladi, bu esa xaridorlarga oson tanlov qilish imkonini beradi.

Eng yaxshi smartfon 

Reytingda umumiy eng yaxshi smartfon sifatida «Apple iPhone 17 Pro Max» ko‘rsatildi. Mutaxassislar ushbu modelni yangi dizayn, «A19 Pro» protsessori, uzoq avtonom ish vaqti va 48 megapikselli uch kamerali tizimi uchun yuqori baholagan. Qurilma maksimal imkoniyatlarni istagan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

Narx va sifat 

Narx va sifat nisbati bo‘yicha eng yaxshi tanlov sifatida «Google Pixel 9a» qayd etildi. U yorqin displey, tungi va makro rejimli kameralar, sun’iy intellektga asoslangan funksiyalar hamda 2032-yilgacha davom etadigan yangilanishlar bilan ajralib turadi.

Qatlanuvchi smartfonlar orasida «Samsung Galaxy Z Flip 7» eng yaxshi deb topildi. Uning kompakt korpusi, katta tashqi ekrani va sifatli kameralari dizayn va portativlikni qadrlaydiganlar uchun mos.

Eng yaxshi kameraga ega smartfonlar

Reytingga kirgan boshqa modellar ham e’tiborga loyiq. «Samsung Galaxy S25 Ultra» «Android» qurilmalari orasida eng yaxshi kameraga ega deb baholangan. «Google Pixel 10 Pro» esa sun’iy intellekt funksiyalari bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. «Google Pixel 10» flagmanning arzonroq, ammo imkoniyatli versiyasi sifatida ajralib turadi.

Avtonom ish vaqti bo‘yicha «OnePlus 15» yetakchilik qiladi — testlarda u 25 soatdan ortiq ishlashni namoyon etgan. Shuningdek, «Nothing Phone 3a Pro» o‘ziga xos dizayn va muvozanatli xususiyatlari bilan ro‘yxatdan joy olgan.

Smartfon tanlashdagi mezonlar

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 2026 yil boshida smartfon tanlashda kamera sifati, avtonom ish vaqti va sun’iy intellekt funksiyalari asosiy mezonlarga aylanmoqda.

Теги :
Jamiyat