$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Hududlarda saraton bilan kasallangan ayollar uchun yordam guruhlari tashkil qilinadi

skrining

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 17-maqsadi — Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish.

Qo‘shimcha shtat birliklari

Unga ko‘ra, maqsadli guruhdagi ayollarni bachadon saratoni va ko‘krak bezi saratoni skrining dasturlari bilan qamrov darajasini oshirish rejalashtirilmoqda.

Buning doirasida skrining registr va kanser registrlar amaliyotga tatbiq etilib, bachadon bo‘yni saratoni skriningi va ko‘krak bezi saratoni skriningi klinik standarti tasdiqlanadi.

Shuningdek, ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash tizimi joriy qilinib, bunda:

-        tuman tibbiyot birlashmalari 14 ta mammograf uskunasi bilan jihozlanadi va ular respublika yagona riding tizimiga integratsiya qilinadi;

-        mobil va stasionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun 4 ta vrach radiolog va 175 ta rentgen-laborantlar uchun shtat birliklar ajratish choralari ko‘riladi.

Viloyat onkologiya markazlaridagi sinovlar

Shu bilan birga yirik shaharlarda saraton bilan kasallangan ayollar uchun o‘zaro yordam guruhlari tashkil etiladi. Saraton bilan kasallangan ayollar uchun ijtimoiy xodimlar tomonidan keys menejment va onkopsixologlar xizmati loyihalari tajriba sinovi viloyat onkologik markazlari (Toshkent) bazasida o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, xususiy klinikalar tomonidan mammografiya tekshiruvi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga hisobot berish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Теги :
Jamiyat