$
 12088.98
23.49
 13801.99
47.33
 154.47
-1.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi nomingizdagi barcha SIM-karta va bank kartalarini onlayn tekshirish mumkin boʻladi

Sim karta

Oʻzbekistonda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali yangi imkoniyatlar yoʻlga qoʻyiladi. Bu boradagi chora-tadbirlar Prezidentning yangi qarorida koʻzda tutilgan.

SIM-kartalar nazorati

1-oktabrdan boshlab fuqarolar oʻz nomlariga qaysi telefon raqamlari rasmiylashtirilganini va ulardan foydalanilayotganini bilib olishlari mumkin boʻladi. Shuningdek, quyidagi imkoniyatlar ham yaratiladi:

  • raqamni vaqtincha faolsizlantirish yoki qayta yoqish;
  • foydalanilmayotgan raqamlarni tarmoqdan uzish uchun ariza berish;
  • raqamga qanday pullik xizmatlar ulanganini tekshirish.

Bank kartalarini boshqarish

Portal orqali fuqarolar oʻz nomlariga ochilgan barcha bank kartalarini koʻrishlari, shuningdek, ularni bloklash yoki yopish boʻyicha bankka onlayn ariza yuborishlari mumkin boʻladi.

Mol-mulk bilan bogʻliq bitimlarga taqiq qoʻyish

Jismoniy va yuridik shaxslar oʻzlariga tegishli koʻchmas mulk hamda avtotransport vositalarini garovga qoʻyish, ipoteka qilish yoki boshqa shaxslarga oʻtkazishga (sotishga) taqiq oʻrnatish yoxud ushbu taqiqni yechish xizmatidan portal orqali onlayn foydalana oladilar.

Notariusdan bildirishnomalar olish

Fuqaro nomidan biror-bir notarial harakat amalga oshirilganda, bu haqda portal orqali unga avtomatik ravishda xabar yuboriladi. Shuningdek, tizimda bunday harakatlarning umumiy tarixi ham saqlanadi.

Теги :
Jamiyat