$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Yuzingizga qarab kasalliklaringizni aytib beradigan sun'iy intellekt yaratildi

Tadqiqotchilar yuz haroratini xaritalash orqali diabet va yuqori qon bosimi kabi surunkali kasalliklarni aniqlash imkonini beruvchi texnologiya yaratishdi.

21 yoshdan 88 yoshgacha boʻlgan 2 ming 800 nafar respondentlar

Ilmiy izlanish shuni koʻrsatadiki, sovuqroq burun va issiq yonoqlar qon bosimining oshishini koʻrsatadi. Tadqiqotchilar 21 yoshdan 88 yoshgacha boʻlgan 2 ming 800 nafar xitoylik ishtirokchining yuz haroratini tahlil qilishib, ana shunday xulosaga kelishdi. Bu jarayonda mutaxassislar insonning termal yoshini bashorat qilish uchun SI modellarini sinab koʻrishdi. Aniqlanishicha, yosh oʻtishi bilan burun sohasidagi harorati pasayib, koʻz sohasining harorati koʻtarilib boradi. Qandli diabet va jigar bilan bogʻliq metabolik kasalliklarga chalingan odamlar tezroq termal qarishi va koʻz atrofidagi harorat yuqorilashgani ma'lum boʻlgan.

“Koʻtarilgan qon bosimi yonoq haroratining oshishi bilan bogʻliq”, – deyiladi maqolada. Bu harorat oʻzgarishlari yalligʻlanish bilan bogʻliq hujayra faolligining kuchayishi orqali sodir boʻlishi mumkin.

Jismoniy faollikning termal yoshga ta'siri

Tadqiqot shuningdek, jismoniy faollikning termal yoshga ta'sirini oʻrgandi. Ma'lum boʻldiki, ikki hafta davomida har kuni arqonda mashq qilgan ishtirokchilar termal yoshini besh yilgacha qisqartirishga erishganlar.

Mutaxassislar kasallikning erta tashxisi uchun klinik sharoitlarda termal yuz tasvirini qoʻllashni foydali boʻlishiga umid qilmoqdalar. Endi tadqiqotchilar ushbu texnologiya uyqu buzilishi yoki yurak-qon tomir muammolari kabi boshqa jihatlarni bashorat qila oladimi yoki yoʻqligini tekshirishni rejalashtiryapti.

Теги :
Jamiyat