$
 11979.64
-41.58
 13901.17
-77.1
 167.52
-2.01
weather
+26
Кечаси   +14°

20 yoshli qiz sun’iy intellektga qaramlikdan davolanish uchun shifoxonaga murojaat qildi

cancer bemor saraton

Italiyaning Venetsiya shahrida 20 yoshli qiz sun’iy intellektga xulq-atvor qaramligi tufayli davolangan ilk bemor sifatida qayd etildi. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, u chatbot bilan shunchalik bog'lanib qolganki, asta-sekin jamiyatdan ajralib, unga to'liq ishonishni boshlagan.

Zararli munosabat

Vaqt o‘tishi bilan bu munosabat zararli tus olib, mutaxassislar aralashuvini talab qilgan. Venetsiyadagi qaramliklarga qarshi kurash xizmati (SerD) ilgari ham qimor o‘yinlari, majburiy xaridlar, smartfon va ijtimoiy tarmoqlarga bog‘liqlik bilan ishlagan bo‘lsa-da, sun'iy intellektga qaramlik bo'yicha murojaatni so‘nggi yillarda kutilgan yangi muammo sifatida baholamoqda.

“Biz uchun bu holat tarixan giyohvandlik kasalligida uchragani kabi “aysbergning uchi”g o‘xshaydi”, — deydi Suardi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt bilan muloqot jarayonida algoritm foydalanuvchini tobora yaxshiroq tanishi mumkin.

“Mashina siz eshitishni xohlagan javoblarni beradi. U sizni tanib borgani sari, sizga yoqadigan javoblarni taklif qiladi va bu do‘stona munosabatga o‘xshab ko‘rinadigan bog‘liqlikni kuchaytiradi”, —deydi u.

Suardi bunday vaziyatlar asta-sekin sun’iy intellekt inson uchun asosiy ma’lumot manbaiga aylanganda xavfli tus olishini ta’kidlaydi. Shuningdek, uning fikricha, bu muammoni faqat cheklov qo‘yish orqali hal qilib bo‘lmaydi.

”Faqat ota-onalar tomonidan cheklov qo‘yish yetarli emas. Bunday holatlarda kompleks tibbiy yordam zarur — psixologik va psixiatrik yondashuv, hatto oilani ham jarayonga jalb qilish kerak”,— deydi Suardi.

Теги :
Jamiyat