$
 12137.10
-50.58
 14307.21
-59.63
 158.53
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Sayyoradagi aholining 84 foizi hech qachon SIdan foydalanmagan

Si

Hozirda dunyo sun’iy intellekt innovatsiyalarini joriy etishning boshlang‘ich bosqichida turibdi, bu esa biznes va investorlar uchun ulkan istiqbollarni ochib beradi. Bu haqda “Aiso” kompaniyasi hamta’sischisi Benjamin Tannenbaum “LinkedIn”da yozdi

Tasavvur bilan real holat o‘rtasida keskin farq 

Sun’iy intellektdan global foydalanish vizualizatsiyasi texnologiya haqidagi tasavvur bilan real holat o‘rtasida keskin farq borligini ko‘rsatadi. Sayyoradagi 8,1 milliard aholining 84 foizi (yoki 6,8 milliardi) hech qachon SIdan foydalanmagan.

Aholining faqat 16 foizi (taxminan 1,3 milliard kishi) bepul chat-botlar bilan muloqot qilgan. Shu bilan birga, tijorat segmenti yanada kichik: oyiga 20 dollarlik pulli obunalarga ega bo‘lganlar jami 0,3 foizni (15–25 million kishi) tashkil etadi.

Kod yozish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashgan instrumentlar, masalan, “Cursor” yoki “Claude Code”dan esa atigi 0,04 foiz foydalanadi. Bu 2–5 million nafar mutaxassis degani.

Tahlilchining qayd etishicha, texnologiyaning “ommaviyligi” haqidagi tasavvur aldamchidir. SI haqida yangilik o‘qiydigan odamlar, ehtimol, aynan shu faol foydalanuvchilarning juda kichik qatlamiga kiradi. Shu bois texnologiya qanchalik keng tarqalgani haqidagi fikrlar juda tor ijtimoiy “pufak” ichida shakllanadi.

Asosiy toʻlqin hali oldinda

Mutaxassis sun’iy intellekt bozorining hozirgi holatini jahon tarmog‘i shakllanayotgan davr bilan qiyoslaydi. Foydalanuvchilar ulushi 16 foizni tashkil etishi internetning taxminan 2005- yillardagi tarqalish darajasiga mos keladi.

Bugun odatiy bo‘lib qolgan barcha raqamli industriyalar – ijtimoiy tarmoqlar, elektron tijorat, striming xizmatlari, bulutli texnologiyalar va obuna asosidagi dasturiy ta’minot – aynan o‘sha davrdan keyin barpo etilganini eslash joiz. Bu esa sun’iy intellektni rivojlantirish va keng joriy etishning asosiy to‘lqini hali oldinda ekanini anglatadi.

Теги :
Jamiyat