$
 11969.66
-32.05
 13927.90
-56.49
 152.56
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°

Haqiqiy inqilob: Sun’iy intellekt imom ishga tushirilmoqda

AI in islam

Ha, bugungi kun egasi sun’iy intellekt bo‘lib qolgan. Sun’iy ong har bir sohaga kirib kelmoqda – SI shifokor, SI arxitektor, SI rassom, SI jurnalist va hokazolar. Hatto, ChatGPT bir necha kun oldin talabalarga ish topib beruvchi yordamchini ishga tushirdi. Lekin, hech kim sun’iy intellekt hali bu sohaga kiradi deb o‘ylamagan edi.

Gap shundaki, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi diniy-ma’rifiy faoliyatni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish yo‘lida muhim qadam tashlamoqda. Mamlakatda diniy savollarga tezkor, aniq va ishonchli javob berishga mo‘ljallangan sun’iy intellekt asosidagi mobil ilova ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Bu tashabbus haqida Oliy mufti Naurizbay hoji Taganuli 2026-yilga mo‘ljallangan dasturiy hisobot taqdimoti chog‘ida ma’lum qildi.

Zamonaviy texnologiyalar diniy soha xizmatida

Muftiy ta’kidlashicha, diniy tizimga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bugungi kun talabidir. Ushbu yondashuv jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash, aholi murojaatlariga tezkor javob berish va diniy xizmatchilar zimmasidagi ortiqcha ish yukini kamaytirishga xizmat qiladi.

“Texnologiya — bu raqobatchi emas, balki yordamchi vosita. U to‘g‘ri yo‘naltirilsa, diniy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshiradi”, — deya qayd etdi u.

Kundalik diniy savollar uchun yagona platforma

Yangi mobil ilova foydalanuvchilarning kundalik hayotda tez-tez uchraydigan diniy savollariga javob berishga mo‘ljallanadi. Ilova orqali ibodat, muomala, oilaviy masalalar va boshqa dolzarb mavzular bo‘yicha tezkor maslahat olish mumkin bo‘ladi.

Muhimi, barcha javoblar faqat tasdiqlangan, ishonchli va rasmiy diniy manbalarga tayangan holda taqdim etiladi.

“Imam AI” — ishonchli manbaga asoslangan raqamli yordamchi

Loyiha doirasida “Imam AI” nomli mobil ilovani ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Ushbu platforma sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchilarning savollarini tahlil qilib, ularni aniq, tushunarli va diniy mezonlarga mos javoblar bilan ta’minlaydi.

Mas’ullarning ta’kidlashicha, “Imam AI” diniy axborot maydonida noto‘g‘ri yoki tekshirilmagan ma’lumotlarning tarqalishiga qarshi samarali vosita bo‘lishi kutilmoqda.

Raqamli kelajak sari qadam

Mazkur tashabbus Qozog‘istonda diniy sohani raqamlashtirish, axborot xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga mos diniy xizmatlarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.

Теги :
Jamiyat