$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Mask yangi sun’iy intellekt modelini taqdim qildi

Grok 3

Ilon Maskga tegishli bo‘lgan “xAI” kompaniyasi “Grok 3” til modellarining yangi avlodini taqdim etdi. 

Yangi model haqida

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi model ikki xil ko‘rinishda taqdim etilgan: Grok 3 Reasoning va Grok 3 mini. Bundan tashqari, model murakkab vazifalarni yechish va chuqurlashtirilgan ma’lumot izlash uchun mos ravishda “Big Brain” va “Deep Search” funksiyalari bilan jihozlangan. Biroq, foydalanuvchilar tomonidan neyrotarmoq ishlashining dastlabki sinovlari shuni ko‘rsatmoqdaki, boshqa chat-botlar va “Grok"’ning oldingi avlodlariga xos bo‘lgan ko‘plab muammolar hali ham mavjud. Ularga chat-bot hazillarni har doim ham tushunmasligi, axloqiy masalalarni yaxshi hal qila olmasligi kabi masalalar misol bo‘la oladi. 

“Grok 3” avvalgi modeldan o‘n barobar kuchliroq

Ilon Maskning aytishicha, “Grok 3” avvalgi modeldan o‘n barobar kuchliroq. Ishlab chiquvchilarning o‘zlari tomonidan taqdim etiladigan testlar davomida “Grok 3” matematik masalalarni yechish, kodlash va ilmiy ishlarda asosiy raqobatchilar — “GPT-4o”, “Claude 3.5 Sonnet”, “Gemini-2 Pro” va “DeepSeek-V3” dan o‘zib ketdi. Neyrotarmoq Colossus “gigakompyuteri"da 200 ming Nvidia H100 chiplaridan foydalangan holda o‘qitildi.

Ma’lumot uchun, “Grok 3"ga hozircha faqat “X” ijtimoiy tarmog‘idagi Premium+ obuna egalari kirish imkoniyatiga ega. Bu obuna oyiga $22ga tushadi. Yangi chat-botning barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun esa oyiga $30 turadigan “SuperGrok” obunasini rasmiylashtirish lozim.

Теги :
Jamiyat