$
 12123.38
51.35
 14094.64
77.81
 149.19
1.18
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda SI borasida ayollar erkaklardan orqada yoki bilimsizroq

SI

O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish yuzasidan aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada qatnashganlarning 57 foizini erkaklar, 43 foizini ayollar tashkil qilgan.

Yosh toifasi

Aholi orasida sun’iy intellektdan eng ko‘p 15-19 yosh oralig‘idagilar foydalanadi. Bu borada 20-24 yosh oralig‘idagilar keyingi o‘rinda. Eng kam foydalanadiganlarni 14 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qildi. 

Sun’iy intellektni bilish darajasi

Respondentlarning 41 foizi sun’iy intellektni yaxshi bilishi va har kuni foydalanishini aytgan. Haftasiga bir necha bor foydalanadiganlar ulushi esa 34 foizni tashkil qilgan. SI’dan xabari bo‘la turib, foydalanmaydiganlar 9 foizni tashkil qilgan. 3 foiz qatnashchilar sun’iy intellekt haqida bilimga ega emas va foydalanishmaydi.

Erkaklarda SI bo‘yicha bilim kuchliroq

Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanish ulushi erkaklarda ko‘proq. So‘rovnomada qatnashgan erkaklarning 42 foizi sun’iy intellektdan foydalanishini aytgan, ayollarda bu biroz kamroq. SI’ni bilmaydigan va foydalanmaydiganlar orasida esa ayollar ulushi erkaklarnikiga qaraganda yuqori.

O‘zbekistonliklar qaysi maqsadda sun’iy intellektdan foydalanyapti?

·       O‘qishda/Tadqiqotda – 41%

·       Ishda/Ijodda – 12%

·       Hayotiy maslahatlar, muammoga yechim – 5 %

·       Hammasida – 26%

·       Boshqa maqsadlarda – 16%

74 foiz o‘zbekistonlik ChatGPTdan foydalanadi

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 74 foiz ishtirokchi sun’iy intellektlar orasida ChatGPTdan foydalanishini aytgan. Google Gemini chat-botidan foydalanadiganlar esa 6 foizni tashkil qilgan. Yandeks Alisa’dan foydalanuvchilar esa 1 foiz.

Qolgan SIlar ulushi:

·       DeepSeek – 2%

·       Midjourney – 0%

·       Boshqa – 3%

·       Barchasidan foydalanadiganlar – 11%

·       Foydalanmaydiganlar – 3%

Ishonish darajasi

Sun’iy intellektlardan foydalanadiganlar ko‘p bo‘lishiga qaramay ularning atiga 4 foizi SI bergan ma’lumotlarga to‘liq ishonadi. Yuqori darajada ishonadiganlar esa 24 foizni tashkil qilgan. 53 foiz odam sun’iy intellekt javoblariga qisman ishonishini aytgan. Shubhalanadiganlar esa 12 foiz, oz ishonadiganlar 6 foiz ulushga ega.

Теги :
Jamiyat