Qo‘qonlik "Shumaxer"ga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda 15 yoshli maktab o‘quvchisi o‘rtoqlari bilan yo‘lning qarama-qarshi tomonida drift uyushtirgani tasvirlangan videolar ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Bugungi kunda ba'zi tajribasiz haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarini ataylab buzib, yana yetmaganidek ularni videorolik shaklida ijtimoiy tarmoqlarga joylash holatlari ko‘p uchramoqda.
Haydovchilik guvohnomasisiz rulga o‘tirish
Qonunga ko‘ra, voyaga yetmagan va haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan fuqarolar avtomobil boshqarishga haqli emas.
Bu qoida va qonunlar kimgadur yoqmagani uchun emas, balki, haydovchi va boshqa yo‘lovchilarning ham xavfsizligini o‘ylagan holda tashkil etilgan.
Yo‘l transport hodisalari esa aynan o‘sha qoidalarga amal qilmaslik natijasida yuzaga keladi.
Qo‘qonlik "Shumaxer"
Haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqarish ta'qiqlangan, ammo bu qoida Qo‘qonlik oilaning 15 yoshli erkatoy o‘g'liga tegishli emasga o‘xshaydi.
O‘zi va boshqalarning ham hayotini xavf ostiga qo‘yib, yo‘lning qaramaga qarshi tomoniga o‘tgan holda xavfli driftlarni amalga oshirgan 15 yoshli bola, yana qilgan ishidan faxrlanib bularni ijtimoiy tarmoqlarga ham joylagan.
"Eski hammom, eski tos"
Uydagilar yo‘qligidan foydalanib mashinani o‘rtoqlari bilan birga "uchirgan" bola endi pushaymon ekanligidan boshini egib turibdi, ammo aslida eng boshi quyiroq bo‘lgan insonlar bolaning ota-onasi ekanligi aniq.
Bolaning ijtimoiy tarmoqlarga joylagan videoroligi ko‘plab muhokama va noroziliklarga sabab bo‘ldi. Natijada, unga va uning ota-onasiga tegishli tartibda qonuniy choralar ko‘rilgan.



