$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻyindan oʻt chiqdi: Istanbulda oʻzbekistonlik yigit otib oʻldirildi

Pistol

Oʻzbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasining xabar berishicha, 22 yoshli oʻzbekistonlik yigit doʻsti tomonidan otib oʻldirildi.

Sovuq qurol bilan oʻynashishning oqibati

2024-yilning 9-aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi Instagram ijtimoiy tarmog‘iga to‘pponcha bilan video olib joylamoqchi bo‘lgan. Orada yuzaga kelgan anglashilmovchilik oqibatida 22 yoshli S.Gebbarov xonadoshi va o‘rtog‘i U.Rahmatilloyev tomonidan otib qo‘yilgan.

Bosh qismiga tekkan oʻq

S.Gebbarov bosh qismiga tekkan o‘q sababli voqea joyida vafot etgan. U.Rahmatilloyev esa mahalliy politsiya tomonidan qoʻlga olingan.

Oʻq bilan video olish marhumning taklifi

U.Rahmatilloyevning ko‘rsatmasiga ko‘ra, ikki o‘rtoq Ramazon hayitidan bir kuni oldin birgalikda iftor qilgan. S.Gebbarov doʻstiga to‘pponcha bilan video olmoqchi ekanligini aytgan. U.Rahmatilloyev to‘pponchani o‘qsiz deb o‘ylab bilmasdan otib qo‘ygan.

Konsullik xabar beradi...

Oʻzbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi vafot etgan yigitning jasadini vataniga yuborish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini xabar berdi.

Теги :
Jamiyat