$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Eldor Shomurodovdan "comeback"

Shomurodov

Jarohatdan qaytgan O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi “Kalyari” safidagi debyut golini kiritish uchun, deyarli, 500 daqiqa sarfladi.

Debyut gol

Biroz avval Italiya A Seriyasining 28-turidan o'rin olgan "Kalyari" 4:3 "Salernitana" uchrashuvi o'z nihoyasiga yetdi. Qiziqarlisi, ushbu o'yin davomida mezbonlar tarkibida A Seriya doirasida 13-o‘yinida maydonga tushgan hamyurtimi Eldor Shomurodov nihoyat dastlabki golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

O'yindan keyingi vaziyat

"Kalyari"ning "Salernitana"ga qarshi o‘yinida Raneri 2-bo‘lim boshida Eldor Shomurodovni zaxiradan maydonga tushirgach, yaqindagina jarohatidan tuzalib qaytgan o‘zbekistonlik hujumchi 56 va 76-daqiqalarda gol urib, dubli evaziga "Kalyari"ga muhim g‘alabani keltirdi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, bu uning Sardiniya jamoasi safidagi dastlabki gollari edi. Shomurodovning gollari evaziga "Kalyari" ochkolari sonini 26 taga yetkazib, 19-o‘rindan 13-o‘ringa ko‘tarilgan bo'lsa, "Salernitana" esa 14 ochko bilan so‘nggi o‘rindan joy egalladi.

Shomurodovning gollariga javoban A Seriyaning Twitter messenjeridagi rasmiy sahifasi ham o'zbek tilida "Ajoyib gol", deya uning yuqoridagi rasmini ilova qilib izoh qoldirdi.