$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Kakao o‘rnini bosuvchi mahsulotlar paydo bo‘lmoqda

shokolad

Shokolad ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo bo‘lgan kakao va shakar narxlarining keskin oshishi ko‘plab ishlab chiqaruvchilarni yangi alternativlar izlashga majbur qilyapti. 

Butun dunyoda 20 yildan keyin shokolad umuman qolmasligi mumkin

Financial Times bergan ma’lumotiga ko‘ra, birgina kakao narxi so‘nggi bir yil ichida uch baravar oshib, bir tonnasi 12 000 dollarga yetgan. Bu holat nafaqat shokolad ishlab chiqaruvchilariga, balki iste’molchilarga ham katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ekspertlar esa 20 yildan keyin shokolad umuman qolmasligi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Shokoladning sun’iy alternativi taklif qilinmoqda

Ba’zi kompaniyalar esa muammoni hal qilish uchun yangi texnologiyalar va noan’anaviy xomashyolarga murojaat qilyapti. Masalan, Finlyandiyaning Fazer kompaniyasi kakaoning o‘rnini bosuvchi mahsulotni ishlab chiqardi. Unda javdar va kokos moyidan tayyorlangan “shokolad” taqdim qilindi. Mondelez International (Oreo va Milka brendining egasi) esa molekulalar asosidagi kakao ishlab chiqaruvchi startaplarga sarmoya kirityapti. Bu esa kelajakda sun’iy kakao orqali shokolad ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishini ochishi mumkin.

Shokoladsevarlar uchun jiddiy xavf

Biroq sun’iy mahsulotlarning tarqalishi ko‘plab bahslarni keltirib chiqarishi tayin. Aslida shokolad sevuvchilarning uning tabiiy ta’mi va tuzilishini ko‘proq qadrlashadi. Sun’iy komponentlar bu tajribani qanchalik aniq takrorlay oladi? Bu texnologiyalar mahsulotni arzonlashtirishga yordam berar, lekin uning sifati va qabul qilinishi qanchalik bo‘ladi, degan savol ochiq qolyapti.

Shu bilan birga, ekologik omillar ham katta ahamiyatga ega. Kakao plantatsiyalarining keskin qisqarishi va iqlim o‘zgarishi sababli ishlab chiqaruvchilar sun’iy texnologiyalarga ko‘proq murojaat qilishyapti. Lekin bu yechim haqiqatan ham ekologik jihatdan samarali bo‘ladimi yoki qo‘shimcha muammolar keltirib chiqaradimi — buni vaqt ko‘rsatadi.