$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Shokoladxo’rlarning umri qisqa bo’ladi(mi?)

Shokolad

Shokolad butun dunyo bo’yicha shirin mahsulotlar ro’yxatida birinchi o’rinda turadi. Uni doim, kinoga tushganingizdagi shirin paxtada, tortlar, muzqaymoqlar va pishirilgan mahsulotlar bilan ham iste’mol qilamiz. Shokolad bolalar va kattalarning sevimli shirinligi, yurak, miya va asab tizimi uchun foydalidir, lekin mahsulotning barcha xususiyatlarini o’rgansangiz, u jiddiy sog’liq muammolariga olib kelishi mumkin.

Shokoladning o’zi qanday turlari bor?

Asosiy ingredientlar - maydalangan kakao loviya, shakar va kakao moyi. Ushbu ingredientlarni turli xil qo'shimchalar bilan to'ldirib, qandolatchilar 3 turdagi shokoladni olishadi:

Oq.

Sutli.

Achchiq(qora).

        Oq shokolad haqida

Oq shokolad odatda 6 ingredientdan tayyorlanadi:

kakao moyi - 20% dan.

shakar - 50-55%.

Sut kukuni - kamida 14%.

sut yog'i - 3,5%.

Vanil.

Emulsifikator (lesitin).

Zararlari:

1.Yog’ va shakar miqdori yuqori bo’lganligi tufayli, oq shokolad semizlikka olib kelishi va tunda ko’p iste’mol qilish natijasida uyqusizlikni keltirib chiqarishi mumkin. 

2.Uning tarkibida kakao kukuni bo’lmaganligi uchun mineral va vitaminlar kamroq. 

3.Og'izdagi kislota muvozanatini buzgan shokolad tish va milklarga zarar etkazadi. Kakao kukuni ko'pincha allergik reaktsiyaga sabab bo'ladi.

Foydasi:

1.Tabiiy shirinliklar ichida oq shokolad homiladorlikda ruxsat etiladigan yagona turdir. Uning tarkibida o’sayotgan homilaga zararli bo’lgan kofein yo’q.

       Sutli shokolat haqida

U 1875-yilda Shveytsariyalik D. Peter tomonidan ixtiro qilingan va shu vaqtdan beri dunyodagi eng mashhur shirinlik bo'lib qolmoqda.

Uning asosi “klassik trio”: maydalangan kakao, shakar va kakao moyidan tashkil topadi. Bundan tashqari, unga sut kukuni qo’shiladi. Bu mahsulotga qaymoqli ta’m va nozik tuzilish beradi. U oq shokoladdan sog’lomroq, chunki tarkibida shakar kamroq. Ammo biologic faol moddalar va foydasi bo’yicha qora shokoladdan orqaroqda. Uning sog’liq uchun muhim foydalari quyidagilar:

1. U kayfiyatni yaxshilaydigan dopamin va serotonin gormonlarini ishlab chiqaradi.

2. Muhim aminokislota bo'lgan triptofan manbai.

3. U tanani kaltsiy, magniy va temir bilan boyitadi.

4. Kuch va quvvat beradi.

Zararlari:

1.Qandli diabet bilan og'rigan bemorlar uchun xatarli.

2.Allergiyaga chalinganlar. Mahsulotning o'zi allergiyaga olib kelmaydi. Ammo u kasallikning salbiy ko'rinishlarini oshirishga qodir.

3.Ortiqcha vazn. Ko’p va surunkali iste’molda, oq va sutli shokolad semizlikka olib kelishi mumkin. 

4.Og'izdagi kislota muvozanatini buzgan shokolad tish va milklarga zarar etkazadi. Kakao kukuni ko'pincha allergik reaktsiyaga sabab bo'ladi.

Eng foydali shokolad bu - qora shokoladdir

Qora shokolad – bu kakao kukuni, kakao moyi va shakardan iborat bo‘lgan shokolad turi, ammo sut qo‘shilmaydi. U boshqa shokolad turlariga qaraganda foydali hisoblanadi, chunki tarkibida kakao ko‘p, shaker juda kam. 

Qancha achchiq bo’lsa shuncha… 

Shokolad tarkibida kakao qancha ko‘p bo‘lsa shuncha achchiq ta’mga ega bo‘ladi. Tarkibida 70—80 foiz kakao bo‘lgan shokolad achchiq shokolad nomi bilan, tarkibida 50 foiz kakao bo‘lgan shokolad qora shokolad nomi bilan sotiladi. U yuqori energiya manbasi bo‘lib, 100 gr achchiq shokolad deyarli 539 kkl tashkil qiladi. Tarkibida :

hujayra tolasi — 7,4 gr;

temir moddasi — 5,6 mgr;

magniy — 133 mgr;

fosfor — 170 mgr;

kaliy — 360 mgr;

kalsiy — 45 mgr;

RR vitamini — 2,1 mgr;

E vitamini — 0,9 mgr;

B1, B2 vitaminlari — 0,7 mgr va to‘yingan yog‘ kislotalari mavjud.

Uning 4 ta tasdiqlangan foydasi:

1. Antioksidant sifatida ishlaydi - miokard infarkt, qon bosimi kasalliklari, xavfli o’smalar, qandli diabet va boshqa ko’plab surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi tanadagi radikallarga qarshi antioksidant sifatida ishlaydi.

2. Qon bosimini pasaytradi - Nemis va Britaniya olimlarning tadqiqotlarida kakaoning faol komponentlari arteriya hujayralarida azot oksidini ishlab chiqarishini rag‘batlantiradi, u qon tomirlarining qarshiligini kamaytiradi va kengaytiradi, bu qon bosimini pasayishiga olib keladi.

3. Miya faoliyatini yaxshilaydi - Kakao tarkibidagi flavonoidlar, antioksidantlar miya to‘qimalarida qon oqimini oshiradi, Parkinson, Alsgeymer kasalligining oldini oladi. Serotanin “baxt” garmoni sintezini kuchaytiradi va depressiyaning oldini oladi.  

4. Qandli diabetning oldini oladi - Shokolad tarkibidagi polifenollar to‘qimalarning glyukozaga sezuvchanligini oshiradi, qondagi qand miqdorini, “yomon” xolesterin miqdorini kamaytiradi. Insulinning to’qimalarga ta’sirini oshiradi.

Shokolad bolalar uchun zararlimi?

Mutaxassislarning fikricha, shokolad uch yoshga to'lgunga qadar chaqaloqlarga berilmasligi kerak. Buning sababi shundaki, bu davrda bolalarning immuniteti faqat shakllantirilmoqda, shuning uchun tanani ortiqcha yuklashning hojati yo'q. Bu yoshdan so’ng shokolad iste’molini yo’lga qo’yish mumkin, lekin bolalarga sutli shokolad tavsiya etilmaydi. Sutli shokoladning salbiy ta’siri odatda yuqori shakar miqdori bilan bog’liq. Shuning uchun, oz miqdorda taklif qilish mumkin. 

Shokolad tanlashda nimalarga e’tiborli bo’lish kerak?

Eng foydali shokolad turi qora shokolad bo’lganligi tufayli uning iste’moli ancha kerakli, ammo ko’pchilik ham uni xushlayvermaydi. Peshtaxtadagi shokoladlarning barchasi ham foydali emas. Birinchi o’rinda yaroqlilik muddatini tekshirib olish muhimdir. Bundan tashqari, sifati past mahsulotlaradan foydalanuvchi brendlar mahsulotini xarid qilmagan ma’qul. Shokoladni qo’shimchalar qo’shilgan turi maqsadga muvofiq, yong’oq bo’lsa ancha yaxshi. Bundan tashqari shokoladni chaynab yeyish tavsiya etilmaydi va yaroqlilik muddati o’tmagan bo’lsada yomon holatdagi shokoladlarni xarid qilmang. Negaki, bu shokoladning nobop sharoitda saqlanganidan darak beradi.