Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 72 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +7°
Читать на русском

“Persepolis” O‘FA ustidan FIFAga shikoyat yo‘lladi

Qayd etilishicha, klub O‘FA Oston O‘runovning jarohatlanganiga qaramay, uni milliy jamoada o‘ynatgani uchun norozilik bildirgan.

1 daqiqa o‘qiladi

“Persepolis” O‘FA ustidan FIFAga shikoyat yo‘lladi

Eronning “Persepolis” klubi jamoa hujumchisi O‘runov masalasida O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi ustidan FIFAga arz qilgan.

Shikoyat mazmuni

Qayd etilishicha,“Persepolis” klubi Oston O‘runovning FIFA kunlaridan avval jarohat olgani sababli uning O‘zbekiston milliy jamoasi safida to‘p surishiga ruxsat bermagan. Shunga qaramay, milliy jamoa murabbiylar shtabi O‘runovni Eronga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushirishga qaror qilgan va yakunda O‘runovning jarohati og‘irlashgan. Oqibatda “Persepolis” yetakchi o‘yinchisini Eron chempionati va OFK Elit Chempionlar ligasi doirasidagi “As-Sadd”ga qarshi o‘yinda (0:1) maydonga tushira olmadi. U hamon tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda. 

Jarohat sabablari

O‘runov 5-oktyabr kuni “Persepolis” - “Chadormalu” o‘yini oldi chigalyozdi mashg‘ulotlarda jarohat olib, asosiy tarkibdan zaxiraga olingandi. U avvalroq, milliy jamoadan chaqiruv olgani sababli 10 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi safida Eronga qarshi bahsning 71-daqiqasida Abbosbek Fayzullayevning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgandi. Uchrashuvdan keyin esa O‘FA Oston O‘runov jarohati sababli BAAga qarshi maydonga tusha olmasligini e’lon qilgandi.