Ra’no Shodiyeva Xitoyda SHHT kinofestivalida “Eng yaxshi aktrisa” mukofotini qo‘lga kiritdi
📍 6-iyul kuni Xitoyning Chongqing shahrida SHHT-2025 davlatlari kinofestivalining yakuniy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Festivalda Ra’no Shodiyeva “Bahorni quvib” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” mukofotiga loyiq ko‘rildi.
2 daqiqa o‘qiladi

📍 6-iyul kuni Xitoyning Chongqing shahrida SHHT-2025 davlatlari kinofestivalining yakuniy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Festivalda Ra’no Shodiyeva “Bahorni quvib” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” mukofotiga loyiq ko‘rildi.
🎬 Ra’no Shodiyevaning ta’kidlashicha:
– “Xursandchiligimni ichimga sig‘dira olmayapman. Shanxaydagi xalqaro kinofestivalda mening kinom va men sovringa loyiq ko‘rildim. Rejissyorim Ayub Shahobiddinov bu rolni menga ishongani uchun katta rahmat aytmoqchiman,” — deydi aktrisa Instagram sahifasida joylashtirgan hikoyasida.
🎥 Filmning mazmuni:
– Ushbu filmda o‘zbek ayoli kechinmalari va insoniy munosabatlar haqida hikoya qilinadi.
– Ayub Shahobiddinov rejissyorlik qilgan kino uchun ssenariyni yozuvchi va dramaturg Erkin A’zam tomonidan yozilgan.
🌍 Festivalda O‘zbekistonning ishtiroki:
– SHHT kinofestivalida O‘zbekiston nomidan asosiy tanlov dasturida ikki film ishtirok etdi.
– Tanlovdan tashqari dasturda esa uch film ishtirok etdi.
– Asosiy tanlovda “Uzum” (Dilshodbek Usmonov) va “Bahorni quvib” (Ayub Shahobiddinov) filmlari “Oltin kameliya” mukofoti uchun kurashdi.
– Shuningdek, festival hay’ati tarkibiga o‘zbek hujjatli film rejissyori Furqat Usmonov ham kiritilgan.
📽️ Festivalning asosiy tanlov dasturida 11 davlatdan 20 ta film ishtirok etdi:
– O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Eron, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston va Mongoliya.
– G‘oliblar eng yaxshi film, rejissura, ssenariy, aktyorlik ijrosi va boshqa 10 ta nominatsiya bo‘yicha aniqlangan.



