$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda 6 000 MVt quvvatga ega bo‘lgan shamol elektr stansiyalari quriladi

SHES

Energetika vazirligi axborot xizmati Oʻzbekistonda 6 000 MVt quvvatga ega bo‘lgan shamol elektr stansiyalari qurilishi haqida xabar berdi.

Saudiya Arabistoni va BAA davlatlari bilan imzolangan shartnoma

Joriy yilning 2-3-may kunlari poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida boʻlgan III Toshkent xalqaro investitsiya forumida ko‘plab sohalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, istiqbolli loyihalar yuzasidan o‘zaro kelishuvlarga erishildi.

Ana shunday kelishuvlardan biri O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari davlatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Imzolash marosimida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Qiymati 6,2 milliard dollar, quvvati 5 000 MVt

Marosimda Saudiya Arabistonining “ACWA Power”kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida umumiy qiymati 6,2 milliard dollar, umumiy quvvati 5 000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishi megaloyihasi yuzasidan “Elektr energiyasini sotib olish bitimi” imzolandi.

Yiliga 17,5 milliard kilovatt soat

Mazkur stansiya ishga tushirilgach, yiliga 17,5 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishiga va 5,3 milliard metr kub tabiiy gaz zaxirasi tejalishiga imkoniyat yaratiladi hamda 7,4 million tonna zararli gazlarning atmosferaga chiqarilishi oldi olinadi.

BAA bilan bilan imzolangan 1,1 milliard dollarlik bitim

Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklarining “Amea Power” kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida umumiy qiymati 1,1 milliard dollar, umumiy quvvati 1 000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishi loyihasi yuzasidan “Elektr energiyasini sotib olish bitimi” imzolandi.

1,48 milliard tonna zararli gazlarning atmosferaga chiqishi oldi olinadi

Ushbu stansiya ishga tushirilishi tufayli yiliga 3,5 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va 1,060 milliard metr kub tabiiy gaz zaxirasi tejaladi. 1,48 milliard tonna zararli gazlarning atmosferaga chiqarilishi oldi olinadi, deyilada Energetika vazirligi axborot xizmati xabarida.

Теги :
Жамият