Oʻzbekistonning eng “ishtahasi karnay”lari qaysi hududda?
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda o‘tgan yili yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 18,3. trln so‘mga yetgan.
2 daqiqa o‘qiladi

Statistika agentligi qaysi hududda yashash va ovqatlanish xizmatlariga talab yuqorigi haqida 2023-yilgi statistikani taqdim etdi.
Qancha summa sarflangan?
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 18,3 trln. so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yil bilan solishtirilganda 12,6 foizga oshgan.
Samarqand rekordchi
Ushbu xizmatlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur’atlari 130,9 foiz bilan Samarqand viloyatida qayd etilgan. Undan keyingi o‘rin esa Sirdaryo viloyatiga tegishli. Uning o‘sish natijasi 115,8 foiz. Andijon esa 113,7 foiz bilan 3-o‘rinni egalladi.
Poytaxtda ahvol qanday?
Eng kam o‘sish kuzatilgan hudud bu Navoiy viloyati bo‘lgan. Undagi ko‘rsatkich esa 102,2 foizni ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Toshkent shahridagi yashash va ovqatlanish xizmatlarining o‘sish sur’ati 112,5 foizga teng bo‘lgan. Bu esa yuqori uchtalikdan keyingi qayd etilgan eng baland natijadir.
Qolgan hududlarda o‘sish sur’atlari quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston R. – 107,3 foiz
- Buxoro viloyati – 109,1 foiz
- Jizzax viloyati — 109,2 foiz
- Qashqadaryo viloyati – 110,3 foiz
- Namangan viloyati – 109,3 foiz
- Surxondaryo viloyati – 110,9 foiz
- Toshkent viloyati – 109,4 foiz
- Farg‘ona viloyati – 111,1 foiz
- Xorazm viloyati – 110,3 foiz
Bu nimaga qarab belgilanadi?
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu statistika hududlarda joylashgan yashash hamda ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlarning soni hamda ularda amalga oshirilgan xizmatlar orqali aniqlanadi.



