$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Senat bir nechta yangi qonun hujjatlarini ma’qulladi

senat

53-yalpi majlisda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar hamda intellektual mulk huquqi bo‘yicha qonunlarni qabul qildi.

Senat majlisi

21-iyun kuni Senatning navbatdagi – 53-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bir nechta muhim mansabdor shaxslar, jumladan Bosh Prokuror vazifasiga tayinlandi. Undan tashqari yana bir necha qonun hujjatlari ham qabul qilindi.

O‘zboshimcha egallab olingan yerlar haqida qonun

Senat yangi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunni bir o‘qishda ma’qulladi. Ushbu hujjat, qonun bilan kelishmagan holda yerlarning o‘zlashtirib olingan vaziyatlarni tartibga solishi ko‘zda tutilmoqda.

Intellektual mulkni himoya qilish haqidagi qonun

Senat muhokamasiga “Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi ham qo‘yildi. Ushbu hujjatning maqsadi jismoniy va yuridik shaxslarning intellektual faoliyati natijasida yaratilgan mulkning daxlsizligini ta’minlash, jamiyatda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish hamda fuqarolarning o‘z huquqlarini himoya qilishdan manfaatdorligini ta’minlovchi huquqiy mexanizmlarni qonunchilikda mustahkamlash kabilar hisoblanadi. Ushbu qonun hujjati buzilgan holatda, patent egasi bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon talab qilishi mumkin.