$
 11808.76
-12.42
€
 13404.12
-15.28
₽
 142.16
1.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Senat pedofillar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qulladi

O‘zbekistonda bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar uchun jazo kuchaytirilmoqda. Senat 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.

25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish

2 oktabr kuni Senatning yalpi majlisida “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshga to‘lmagan bola bilan jinsiy aloqa qilish, shuningdek, bunday bolaga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik bilan qondirish uchun 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.

Bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish va sud hukmini ijro etish uchun da’vo muddati qo‘llanilmasligi ham taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish imkoniyati to‘liq bekor qilinadi.

Bepul yuridik yordam va so‘roq jarayonlarini videoga olish

Jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga protsessual harakatlarda ilk bor ishtirok etgan paytdan boshlab davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam ko‘rsatiladi.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonlari videoyozuvga qayd etilishi taklif qilinmoqda.

Shuningdek, jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatdan jabrlangan