$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Noyob astronomik hodisa: bu safar 6 ta sayyora va Oy bir safda

parad

28-avgust Merkuriy, Mars, Yupiter, Uran, Neptun, Saturn va Oy Quyoshning bir tomonida saf tortadi. Bu haqda Moskva planetariysi xabar berdi.

Quyoshning sharqida saf tortadigan 6 sayyora

Sayyoralarning shartli paradi osmonda 160 gradus atrofida sektorni egallaydi. Avgustda Mars, Yupiter, Uran, Neptun va Saturn yarim tundan tong yorishguncha kuzatiladi. Oy oxirida ertalab osmonda Merkuriy ko‘rina boshlaydi. 28-avgust kuni esa ularga Oy qo‘shiladi. Ularning barchasi Quyoshdan sharqroqda (o‘ng tomonda) joylashgan bo‘ladi.

“28-avgust, chorshanba kuni ertalabki osmonda Merkuriy, Mars, Yupiter, Uran, Neptun, Saturn va Oy Quyoshning bir tomonida taxminan 160 gradusli sektorda bo‘ladi”, -deyiladi xabarda.

Durbin va teleskopsiz ham koʻrish mumkin

Ochiq havoda paradni durbin yoki teleskopsiz ham kuzatish mumkin bo‘ladi. Moskva planetariysi avgust oyidagi bu paradni shartli deb atagan.

Sayyoralar paradiatamasi

Astronomiyada sayyoralarning yaqinligiuchun aniq mezon mavjud emas, shu sababli sayyoralar paradiatamasi sifat xususiyatiga ega, - deydi tashkilot.

Ular bu tushunchaning ilmiy emasligini va faqat astronomiyani ommalashtirish maqsadida qo‘llanilishini ta’kidladi.

Kamdan kam uchraydigan Katta sayyoralar paradi 

Sayyoralar paradi bir nechta ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan sayyoralar bir-biriga yaqinlashib, osmonning tor (20-30 daraja) sektori doirasida ko‘rinadigan (yoki Quyosh yaqinida bo‘lsa, ko‘rinmaydigan) holatda bo‘lishi bilan kuzatiladi. Katta sayyoralar paradi beshta yoki undan ortiq sayyora shu tarzda yig‘ilganda sodir bo‘ladi. Kichik parad esa to‘rtta sayyora birga bo‘lganda yuzaga keladi. Kichik sayyoralar paradiga har 20 yilda bir marta duch kelish mumkin, katta parad esa ancha kamroq sodir bo‘ladi.