O‘zbek xalqi rostdan ham saxiymi?
Britaniyaning Charities Aid Foundation xayriya tashkiloti 2024-yil yakunlariga ko‘ra World Giving Index-2024 hisobotini taqdim qildi. Pandemiya davridan keyin insonlarning xayriya ishlariga bo‘lgan ishtiyoqi ortgan.
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaning Charities Aid Foundation xayriya tashkiloti 2024-yil yakunlariga ko‘ra World Giving Index-2024 hisobotini taqdim qildi. Pandemiya davridan keyin insonlarning xayriya ishlariga bo‘lgan ishtiyoqi ortgan.
2024-yilgi natija
World Giving Index-2024 reytingiga ko‘ra, yakunlangan yilda O‘zbekiston Respublikasi 44 ball to‘plagan holda 45-o‘rinni band etgan. Mamlakatning o‘tgan yilgi natijasi bundan ham yaxshiroq bo‘lgan — 36-o‘rin. Indoneziya ushbu reytingda 7 yildan buyon peshqadamlik qilib kelsa, Polshadagi vaziyat xuddi shuning aksi.
Markaziy Osiyo
O‘zbekistondan farqli Markaziy Osiyoning qolgan mamlakatlari global ro‘yxatda quyidagi o‘rinlarni egalladi:
- Tojikiston – 62-o‘rin, 42 ochko (2023-yil – 24-o‘rin, 48 ball)
- Qirg‘iziston – 64-o‘rin, 42 ochko (2023-yil – 34-o‘rin, 45 ball)
- Qozog‘iston – 113-o‘rin, 33 ball (2023-yil – 107-o‘rin, 33 ball)
- Turkmaniston reytingga kiritilmagan
Bu qanday tadqiqot?
World Giving Index (WGI) — bu xalqaro tashkilot Charities Aid Foundation (CAF) tomonidan har yili chop etiladigan tadqiqot bo‘lib, u dunyo bo‘ylab xayriya ishlarining ko‘lamini o‘lchaydi. Ushbu indeks dunyoning turli mamlakatlarida insonlarning saxiyligini uchta asosiy mezon orqali baholaydi:
- Notanish odamlarga yordam berish – biror begona odamga yordam berganlik darajasi.
- Xayriya qilish – xayriya tashkilotlariga yoki loyihalarga mablag‘ ajratganlik.
- Ko‘ngillilik – vaqtni xayriya maqsadida ko‘ngilli ishlarga sarflaganlik.



