Yakshanba, 18-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +13° kechasi +11°

Joriy yilning o‘tgan 8 oyida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 4,4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi

Bu umumiy savdo hajmining 10,3 foiziga teng.

2 daqiqa o‘qiladi

Joriy yilning o‘tgan 8 oyida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 4,4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan 2024-yil yanvar-avgust oyidagi savdo aloqasi tahlil qilindi. Unga ko‘ra, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo aylanmasi 4,4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi, bu umumiy savdo hajmining 10,3 foiziga teng.

Qozog‘iston yetakchi

Eng katta ulush Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, u bilan savdo hajmi 2,64 milliard dollarga yetdi.

Qolgan qo‘shnilar bilan savdo aylanmasi quyidagicha:

- Turkmaniston bilan savdo hajmi 805,4 million dollarni tashkil etib, Markaziy Osiyo bo‘yicha umumiy savdoning 18%ini egalladi.

- Qirg‘iziston bilan 530,4 million dollarga yetib, 12% ulushga ega bo‘ldi.

- Tojikiston bilan esa savdo 428,3 million dollarni tashkil qilib, 10%ni tashkil qildi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning ushbu davlatlar bilan import hajmi 2,75 milliard dollarni, eksport hajmi esa 1,66 milliard dollarni tashkil etdi.

O‘tgan yilgi holat

2023-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi biroz yuqoriroq bo‘lgan – 4,6 milliard AQSh dollari. Bu umumiy savdo hajmining 11,4%ini tashkil etgan. Qozog‘iston bilan savdo hajmi 2,9 milliard dollarga yetib, Markaziy Osiyo davlatlari orasida asosiy hamkor bo‘lgan. Qirg‘iziston bilan 679,2 million dollar, Turkmaniston bilan 517 million dollar, va Tojikiston bilan 483,6 million dollar savdo aylanmasi amalga oshirilgan edi.

Yillik solishtirishlarda Turkmaniston bilan bo‘lgan savdo hajmi 2024-yilda sezilarli darajada o‘sgan va 155,8% ga oshgan.